QUYI JANUBIY KALIFORNIYA — Meksikadagi shtat, Kaliforniya ya. o. ning jan. qismida. Mayd. 73,7 ming km2. Aholisi 424 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi — La-Pas sh. Tabiati haqida Kalifornsh (yarim orol) maqolasiga q. Xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — q. x. Sugorib dehqonchilik qilinadi: paxta, bugʻdoy ekiladi, sitrus mevalar yetishtiriladi. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — rangli metallurgiya. Shuningdek, oziq-ovqat, paxta tozalash sanoati korxonalari mavjud. Dengizdan marvarid olinadi, baliq ovlanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые