Bachadon bo‘yni displaziyasi

Bachadon bo‘yni displaziyasi qin sohasi epiteliysining atipik o‘zgarishlari bilan namoyon bo‘luvchi kasallik hisoblanib, caraton oldi holatidir. Oddiy eroziyadan farqli ravishda displaziya qin sohasidagi hujayra strukturalariga ta’sir etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra bachadon bo‘yni displaziyasi 25-35 yoshdagi ayollarda ko‘p uchraydi.

Bachadon bo‘yni displaziyasi sabablari

  • Odam papilloma virusi;
  • Immunodefitsit holatlar;
  • Tamaki chekish;
  • Jinsiy a’zolar surunkali kasalliklari;
  • Bachadon bo‘yni travmalari.

Diqqat! Bu kasallikka eng ko‘p sababchi omillardan biri bu ayollarning erta jinsiy hayotni boshlashlari hamda erta tug‘ruqdir. Shuning uchun ham yosh qizlarimizni erta turmushga berishdan chetlanishimiz hamda shu va shu kabi turli xavfli kasalliklardan farzandlarimizni himoya qilish biz ota-onalarning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lishi kerak.

Kasallik belgilari

Bachadon bo‘yni displaziyasi kasalligi ayollarda qin sohasida qichishish va achishish hissi, jinsiy a’zolardan rangi o‘zgargan, nohush hidli ajralmalarning kelishi, ba’zan qonli ajralmalar kelishi bilan namoyon bo‘ladi. Kasallik bir vaqtda xlamidioz, vulva kondilomasi, gonoreya bilan birga kelishi ham mumkin.

Diagnostikasi

  • Ginekolog ko‘rigi;
  • Kolposkopiya;
  • Sitologik tekshirish;
  • Biopsiya;
  • Polimeraz zanjir reaksiya.

Bachadon bo‘yni displaziyasi kasalligini davolash

Quyidagi holatlarda davo choralari ko‘rinmaydi:

  • Bemor yoshi 20 dan kichik;
  • shilliq qavatda nuqtasimon o‘zgarishlar bo‘lsa;
  • servikal kanaldan o‘tmagan displaziya.

Davolash usullari:

  • Krioterapiya (suyuq azot bilan kuydirish)
  • Diatermokoagulyatsiya (elektrik tok bilan kuydirish)
  • Lazerovaporizatsiya (past intensivlikdagi nur bilan ta’sirlantirish)
  • Bachadon bo‘yni pichoqli konizatsiyasi
  • Bachadon bo‘yni amputatsiyasi.

Quyidagi holatlarda jarrohlik yo‘li qo‘llash mumkin emas:

  • Homiladorlik;
  • Qin va bachadon bo‘yni infeksiyalari;
  • Kichik tos a’zolari yallig‘lanish kasalliklari

Kasallik asoratlari

Xavfli o‘smaga aylanishi, invaziv rak turiga o‘tishi xavfi yuqori. Lekin kasallikni erta aniqlash bunday asoratlarni oldini olishi mumkin. Davolash qilinmasa displaziya invaziv rakka o‘tishi mumkin. Bachadon bo‘yni displaziyasi va homiladorlik – juda havfli hisoblanadi, lekin u o‘limga olib kelmaydi. O‘tkir holatlarda shifokorlar kesarcha kesish amaliyotini tavsiya etadilar.

Profilaktika uchun…

  • Ginekolog muntazam ko‘rigi;
  • Kontratseptiv vositalardan foydalanish;
  • Vitaminlar qabul qilish;
  • Chekishdan saqlanish;
  • Jinsiy a’zolar infeksion kasalliklarini o‘z vaqtida davolash;
  • Sog‘lom turmush tarzi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x