Hayz sikli buzilishi xavflimi?

Ayollar ko‘pincha hayz siklining buzilish bilan akusher-ginekologlarga murojaat etishadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu kasallik ayollarning 35 % izida kuzatiladi. Bundan tashqari, 70 % ayollarda umri davomida bir marta bo‘lsa ham hayz siklining buzilishi aniqlanadi (Bu holat tug‘ruqdan so‘ng, stresslarda, iqlim o‘zgarganda kelib chiqadi).

Nima uchun hayz kuzatiladi?

Bachadon ichki shilliq qavati uch qavatdan iborat. Odatda ma’lum gormonal o‘zgarishlar natijasida bachadon shilliq qavati kattalashib, tuxum hujayrani biriktirib olishga shay turadi. Agar tuxum hujayra urug‘lanmasa, bachadon ichki qavati “hech narsaga yaramaganligi bois” ko‘chib tusha boshlaydi. Natijada qon ketish kuzatiladi. 20 soatdan so‘ng qon ketish intensivligi pasayadi. Odatda bachadon ichki qavati qayta tiklanishi 36 soatdan keyin kuzatiladi.

hayz kelmasligi

Ma’lumot o‘rnida…

Ayollarda hayz sikli davomiyligi o‘rtacha 21 -31 kunni tashkil qiladi. Odatda hayz sikli 12 — 14 yoshda boshlanadi. Ayrim hollarda qizlarda bu sikl muntazam bo‘lmasligi mumkin. Birinchi tug‘ruqdan so‘ng sikl muntazam ko‘rinishni oladi. Agar hayz kunlari orasidagi o‘zgarish 2-3 kun oldinga yoki 2-3 kun ortga cho‘zilsa, bu hayz sikli buzilganligini bildirmaydi. Agar hayz kunlari orasidagi muddat 40-60 kunni tashkil qilsa yoki 21-25 kunga qisqarsa sikl buzilganligini taxmin qilish mumkin.

Hayz sikli buzilishi xavflimi?

Ko‘pchilik ayollarni shu savol qiynasa kerak? Chunki ayrim ayollar bu masalada shifokorga murojaat qilishga erinishadi. “Yana o‘zi joyiga tushadi!” deb beparvo bo‘lishadi. Shu bois hayz sikli bu­zilishi asoratlariga alohida to‘xtalishga qaror qildik:

  • bepushtlikka olib kelishi mumkin;
  • ish qobiliyatining pasayishi kelib chiqadi;
  • ayrim jiddiy kasalliklarning birlamchi belgisi hayz sikli buzilishi bo‘lishi mumkin;
  • endokrin kasalliklarga olib keladi;
  • erta menopauza boshlanishiga sabab bo‘ladi.

Hayz sikli qaysi ko‘rinishlarda buzilishi mumkin?

hayz kam kelishi

  • Metrorragiya – muntazam bo‘lmagan ravishda bachadondan qon ketishi;
  • Polimenorreya — har 21 kunda hayz sikli takrorlanishi;
  • Hayz sikli orasida qon ketishlar;
  • Menopauza davrida qon ketish- menopauzadan so‘ng 1-2 yil davomida qon ketishi.

Hayz sikli nima uchun buziladi?

  • Tashqi omillar – stress, oziqlanish ratsionining o‘zgarishi, iqlim o‘zgarishi;
  • Ichki a’zolar kasalliklari;
  • Tuxumdonlar kasalliklari;
  • Jinsiy gormonlarni ishlab chiqaruvchi gipotalamo-gipofizar tizim nazorati buzilishi;
  • Endometriy (bachadon ichki shilliq qavati) polipi;
  • Bachadonning yallig‘lanish kasalliklari ;
  • Endometrioz kasalligi;
  • Saraton kasalligi;
  • Abortlar va bachadon shilliq qavatini qirdirish;
  • Tuxumdonlarni operatsiya qildirish;
  • Jigar kasalliklari;
  • Qon ivish tizimi kasalliklari;

Medikamentoz – dori-darmonlar ta’sirida kelib chiqadi. Masalan: gormonal dorilar, kortikosteroidlar, antikoagulyantlar, trankvilizatorlar, antidepressantlar, bachadon ichi spirallarining qo‘llanilishi bachadondan qon ketishiga olib keladi.

Hayz sikli buzilishi turlari

Algodismenoreya

Hayz siklining buzilishi bo‘lib, asosan 14-44 yoshda kelib chiqadi. Belgilari: hayz kunlari simillovchi va xurujsimon og‘riqlar qorin pastida kuzatiladi. Shu bilan birga ko‘ngil aynish, qusish, bosh og‘riqlari, ichning suyuq o‘tishi kelib chiqadi.

Dismenoreya

hayz ko‘rish kechikishi

Hayz siklining muddatidan oldin kuzatilishi yoki muddatidan kechroq yuz berishidir. Bu holat ko‘pincha xizmat safarlarida bo‘ladigan ayollarda kelib chiqadi. Iqlim va kun taribining o‘zgarishi ayol organizmiga salbiy ta’sir ziladi.

Oligoamenore

Hayz siklining juda kam kuzatilishi, bepushtlik, tuxumdonlar kattalashishi, tanada tuklar ko‘payishi, tana vaznining ortishi bilan xarakterlanadi. Bu holat tuxumdonlarning kistoz kasalligida kelib chiqadi.

Amenoreya

Hayz sikli buzilishining og‘ir ko‘rinishi hisoblanaib, 6 oy yoki undan ham ko‘proq muddatda hayz sikli kuzatilmaydi. Odatda bu holat homiladorlik, tug‘ruq, menopauza bilan bog‘liq holatda kelib chiqadi. Agar amenoreya 17-18 yoshda hech bir sababsiz kelib chiqsa darhol shifokorga murojaat etish lozim.

Kun tartibi ham hayz sikliga ta’sir qiladimi?

Asabiy zo‘riqishlar, ayollarning ishini o‘z­gartirishi, yashash joyini o‘zgartirishi, yaqin kishisidan judo bo‘­lish, jismoniy zo‘­riqishlar, turli ozdiruvchi par­hezlar, vaznning ortishi yoki vaznning kamayishi hayz siklini buzishi mumkin.

Organizmdagi gormonal o‘zgarishlarga nima sabab bo‘ladi?

Oxirgi yillarda ayollar organizmidagi gormonal o‘zgarishlarga jinsiy hayotning buzilishi (ayollarning xorij safarlarida bo‘lishi, erkaklarning xorij safarlarida uzoq muddat qolib ketishi) va gormonal kontratseptiv vositalarini noto‘g‘ri qo‘llash sa­bab bo‘lmoqda. Ayol boshidan o‘tkazgan har bir abort bepushtlikka, hayz siklining buzilishiga, saraton kasalliklarning rivojlanish xavfining ortishiga olib kelishini unutmaslik lozim.

Qanday tashxis qo‘yiladi?

Ayol tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish-bunda ayollarda gormonlar buzilishiga oid belgilar paydo bo‘­ladi. Masalan: qalqonsimon bez kattalashishi, jigar va taloq kattalashishi, teri rangi o‘zgarishi, ayolning asabiy bo‘lib qolishi va b.

Davolashda nimalarga e’tibor berish lozim?

hayz ko‘p kelishi

Davolashda asosiy kasallikni bartaraf etishga e’tibor berilishi lozim. Agar hayz sikli bachadon poliplari ta’sirida buzilgan bo‘lsa, xirurgik davo, yallig‘lanish kasalliklari natijasida buzilish kelib chiqqan bo‘lsa antibiotiklar tayinlanadi. Bundan tashqari:

Ginekologik ko‘rik:

  • Qindan surtma olib tekshirish;
  • Jinsiy a’zolarni UTT tekshirish;
  • Qon tahlili;
  • Qonda gormonlar miqdorini aniqlash;
  • MRT – jinsiy a’zolarni shu usulda tekshirish.

Hayz davrida ovqatlanish ratsion qanday bo‘lishi lozim?

  • Qabul qilinadigan suyuqlik miqdorini kamaytirish lozim;
  • Sut mahsulotlarini ko‘paytirish kerak — tvorog, kefir, sut, smetana.
  • Bu kunlarda tuzlangan karam, oshqovoq, pomidor, tovuq go‘shti, mol jigarini iste’mol qilish ijobiy ta’sir qiladi;
  • Olma, malina, gilos, shpinat. Sanab o‘tilgan ushbu mahsulotlar qon tomirlarning torayishiga va qonning kamroq ketishiga olib keladi.

Mutaxassis: Shahlo Rustamova, shifokor.

Manba: “Bekajon” gazetasi.


Hayz siklingizni nazorat qilishni istaysizmi? Homiladorlik uchun unumdor kunlarni bilib, homiladorlikni rejalashtirishni istaysizmi? Unda “Lalu — ayollar kundaligi” mobil ilovasini bepul yuklab oling!

Ilova sizga hayz siklingiz xarakterini tushunib, uni kuzatib borishingizda, ovulyatsiya kunini aniqlashda, homiladorlikni rejalashtirishingizda yordam beradi.
Bundan tashqari, ilova orqali hayz oldi sindromi haqida bildirishnoma olish, sikl buzilishi, fertil kunlar kabi holatlarni prognozlash va kuzatib borish, ginekologiya sohasiga oid maʼlumotlar olish imkoniyati mavjud.

Hoziroq bepul yuklab oling


0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x