ITUZUM (Solanum) — ituzumdoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar, chala butalar va butalar, baʼzan past boʻyli daraxtlar (tropiklarda) turku-mi, dorivor oʻsimlik. 1700 ga yaqin turi bor. Aksariyat turlari Jan. Amerikada tarqalgan. Ayrim mamlakatlarda pal-lali Ituzum (S. laciniatum) dorivor oʻsimlik sifatida ekiladi (bargi va poyasida solasonin va salamargin alkaloidlari koʻp). Oʻzbekistonda begona oʻt hisoblanadigan guli binafsha rang, mevasi qora (S. nigrum) va qizil turi uchraydi. Poyasi sershox, tik usadi, boʻyi 90 sm gacha. Barglari oddiy va mu-rakkab, tuxumsimon, oʻyiq. Mevasi — koʻsakcha, qora yoki qizil dumaloq rezavor. Iyul—okt. da gullab mevalaydi. Bir oʻsimlik 40 mingtagacha urugʻ beradi. Urugʻlari qattiq qobikli, tuttroqda uzoq vaqtgacha unuvchanlik qobiliya-tini saqlaydi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekinzor dalalarda begona oʻt sifatida koʻp uchraydi. Ituzumning do-rivorlik xususiyatlari ham bor. Xalq tabobatida tomoqnafas yoʻllari xas-taliklarini davolashda mevasidan foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые