QORIXONA

QORIXONA — musulmonlarnpng diniy oʻquv yurti. Unda qorilar taiyorlangan. Dastlab arab mamlakaglarida, keyinchalnk Oʻrta Osiyoda paydo boʻlgan. Qorixonalar, odatda, maktabxonalar qoshida va katta mozorlar yonida ochilgan. Qorixonaga maktabxonani tugatgan 10 yoshdan katta oʻgʻil bolalar qabul qilingan. Qorixonalar xususiy boʻlib, domlalar daromadi bolalar hisobiga boʻlgan. Qorixonada bolalar 3—4 y. oʻqitilgan. Oʻqish jumadan tashqari har kuni ertalabdan kechgacha davom etgan. Diniy bayram kunlari mashgʻulotlar toʻxtatilgan. Qorixona larda, asosan. Qurʼon suralari yodlatilgan. Qurʼondagi barcha suralarni yod ayta oladigan bola Qorixona nn tugatgan hisoblangan. Oʻrta Osiyoda, ayniqsa. Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qoʻqonda Q. lar koʻp boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x