Nega ba’zilar uylanishdan qochishadi?

– Yozda ota-onam uylantirishmoqchi. Ammo to‘y yaqinlashgani sari qo‘rquvga tushayapman. O‘zim sog‘lomman. Ammo, nazarimda “ish”ning uddasidan chiqa olmaydigandekman. Sharmanda bo‘lmasligimning yo‘li bormi?

Uylanish yoshi

– To‘y oldi hayajonlari, hattoki vahimali o‘ylari girdobiga tushib qolish aksari yoshlarda uchraydigan me’yoriy fiziologik holat hisoblanadi. Ammo bu me’yoriy holat ayrim ta’sirotlar natijasida dardli aziyatlar ko‘rinishiga ham kelishi mumkin. Umuman olganda, asosiy sabablardan biri jinsiy savodxonlik darajasining ancha quyi darajada ekanligidadir. Ilk jinsiy saboqlarni ko‘cha ko‘yda tengdoshlar suhbatidan olinishi yoxud chimildiqdagi o‘ta mas’ul “ish” o‘zi savodi hamin qadar bo‘lgan “kelinyanga-yu-kuyovjo‘ra” zimmasiga yuklatilishi aslida gumrohlikdan o‘zga narsa emas.

Hali uylanmagan yigitlarda bot-bot uchraydigan bu ishonchsizlik tuyg‘usining sabablari talaygina. Ularning ayrimlari o‘zidagi bu holatlar mohiyatini anglab yetmasliklari bois, o‘zlaridagi “soxta noqodirlik” tuyg‘usini “jinsiy ojizlik”ka mengzashadi

Uylanishdan qo‘rqishga nimalar sababchi?

Birinchidan, aksari yigitlar jinsiy qobiliyat me’yori deya 16-22 yoshlilarga xos shahvoniy jo‘shqinlik davridagi holatni tushunishadi. Vaholanki, 23-30 yoshlardagi yigitlarda me’yoriy ko‘rinish biroz boshqacharoq bo‘lib, junbushga keluvchi a’zoning go‘yoki “aqli kiradi”, ya’ni zarur paytdagina, aniqrog‘i, “o‘lja”ni aniq-tiniq his qilsagina qo‘zg‘aladi. Ayniqsa, o‘ttiz yoshlarga kelib bu hissiyot biroz “muvaqqat mudroqlik” holatiga o‘tadi va uni uyg‘otishga biroz fursat hamda ahliyasiga jiddiy diqqatli bo‘lishi talab etiladi. Demak, uylanishni asossiz kechiktiraverish ham yaramaydi.

uylanishdan qochish, uylanish

Ikkinchidan, aqliy mehnat sohiblari, kompyuter ro‘parasiga “mixlangan”larda jismoniy mehnat bilan mashg‘ullarga nisbatan jinsiy qobiliyatning biroz pastligi kuzatiladi. Chunki, yarim yalang‘och libosli ayollar qurshovida ishlash, hayotda va ekranda behayoliklarga ko‘p ro‘baro‘ bo‘lish ham erkaklar rag‘batini “to‘yintirib qo‘yadi”.

Uchinchidan, tabiatan ta’sirchan yigitlarning jinsiy imkoniyati har qanday noxushliklarga nisbatan o‘ta sezuvchan bo‘ladi. Tabiiyki, tegramizda bot-bot uchrayotgan fahsh ishlarga bunday yigitlar ro‘baro‘ kelsa, hattoki, jamiki ayol zotidan ham zada bo‘lib qolishi hech gap emas. Afsuski, bunday sabablar talaygina, biz esa ayrimlariga to‘xtalib o‘tdik, xolos.

Maktub sohibiga beradigan maslahatlarimiz

  • Jinsiy hayot saboqlaridan mufassal bahramand bo‘lishni istasangiz, avvalo o‘gitlar majmui bo‘lgan kitoblarni mutolaa qiling. Shukrki, xolis maslahatlar berilgan kitoblar ham yo‘q emas. (Jumladan, “Nikohning birinchi kechasi”, “Er-xotinlik baxti yoxud jinsiy madaniyat” kitoblari sizga qo‘l kelsa, ajab emas.)
  • To‘y oldi tibbiy ko‘rigidan imkon qadar barvaqtroq, jiddiyat bilan o‘tishga harakat qiling.
  • Xolis mutaxassis bo‘lgan shifokor androlog-seksopatolog maslahatiga hech istiholasiz borishga harakat qiling.
  • Ayrimlarning “to‘y oldi sinovlari”ga yo‘yiladigan, zinoga asoslangan maslahatlariga aslo quloq tutmang!

Manba: Tib.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x