ISTIORA

ISTIORA (arab. — qarzga olish) , metafora — badiiy tasvir vositasi, koʻchim. Istiora 2 narsa oʻrtasidagi oʻxshashlikka asoslanadi. U oʻxshatilgan va oʻxshagan unsurlardangina tashkil to-padi. Mas, sarv qomat, ohu koʻz. I. da sher, yoʻlbars va b. kuchli, jasoratli hayvonlarga xos ayrim xususiyatlar, oq, qora sifatlaridagi yaxshilik, yomonlik maʼnolari insonlarning ayrim xislatlarini taʼkidlab koʻrsatish uchun koʻchiriladi (sher yurak, oq koʻngil, qora qalb va h. k.).

Istiora badiiy asarlarda aks etayotgan narsa, voqea, hodisalarning aniq, ravshan gavdalanib turishida, obrazlar tavsiflarining yorqin berilishida, asar joziba kuchining oshishida nihoyatda muhim oʻrin tutadi. Istioraning 2 turi mavjud:

1) ochiq istiora. Mac, Mening qoʻlim yetmagan yulduz, Tushlarimda seni koʻrgayman (A. Oripov). Bunda sevimli yor — maʼshuqa «yulduz»ga oʻxshatilgan. Oʻxshagan tushirib qoldirilgan, oʻrniga oʻxshatilgani berilgan;

2) yopiq istiora. Mac, Qolgan soʻzlar tutqizmadi oʻz baridan (F. Fylom). Bunda «soʻzlar» odamga oʻxshatilgan. Oʻxshatilgan tushirib qoldirilgan va oʻxshagan berilgan.

Ad.: Qoʻngʻurov P., Oʻzbek tilining tasviriy vositalari, T., 1977.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x