Angrenda qadimiy sopol buyumlar topildi


Post Views:
71

2020 yil 23 aprel kuni Angren shahri Bog‘i Surh MFY Abay ko‘chasi 77-uyda yashovchi F.Normatovning yashab turgan turar joyi hovlisida qazilgan chuqurdan qabr ochilgan. 30 aprel kuni fuqaro F.Normatov bu haqda Angren shahar tarixi muzeyiga xabar berdi. Angren shahar tarixi muzeyi xodimlari tomonidan 2020 yil 1 may kuni Angren shahar Bog‘i Surh MFY Abay ko‘chasi 77-uyda yashovchi fuqaro F.Normatovning murojaati asosida fuqaroning yashab turgan turar joy hovlisidan qazilgan chuqurda qazishma ishlari olib borildi.

Angren shahar tarixi muzeyi xodimlari M.Begmuradova, Sh. Ro‘zmatov, O‘.Shadiyeva, M. Izatillayeva, M.Djurayeva, M.Elmurodovlar Madaniy meros departamenti bo‘lim boshlig‘i A. Yorqulov, Toshkent viloyati madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i M.Isroilov ishtirokida qazilma ishlari olib borishdi. Tadqiqot ishlari xulosasiga ko‘ra, ushbu qabr “Qovunchi” madaniyatiga oid bo‘lib, u miloddan avvalgi 3, milodning 3-4 asrlariga tegishli ekanligi qayd etildi. Qabrdan shu davrda yashagan odamlarning suyak qoldiqlari (2 ta skelet) va 5 xil turli hajm va shakldagi sopol buyumlari qazib olindi.

1. Sopol buyumning balandligi 40 sm, o‘rta qism aylanasi 86 sm, yuqori qism aylanasi 40 sm.

2. Sopol buyumning balandligi 32 sm, o‘rta qism aylanasi 71 sm, yuqori qism aylanasi 39 sm.

3. Sopol buyumning balandligi 21,5 sm, o‘rta qism aylanasi 51 sm, yuqori qism aylanasi 25,5 sm.

4. Sopol buyumning balandligi 10 sm, o‘rta qism aylanasi 32 sm, yuqori qism aylanasi 26 sm. Ushbu sopol ko‘zachaning dastasida qo‘chqor shoxi ishlangan.

5. Sopol buyumning (siniq holda qazib olingan) balandligi 12 sm, o‘rta qism aylanasi 16 sm, yuqori qism aylanasi 37 sm.

Topilmalarni o‘rganish jarayonida ushbu sopol buyumlar“Qovunchi” madaniyati davrida yashagan ajdodlarimiz tomonidan ro‘zg‘or va xo‘jalik ishlarida foydalanganliklari hamda unda diniy dunyoqarash xususiyatlari mavjud ekanligi haqidagi xulosaga kelindi.

Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati

https://shosh.uz/uz/angrenda-qadimiy-sopol-buyumlar-topildi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x