ISSIQLIK BILAN TAʼMINLASH — kommunal xoʻjalik va texnologik ehtiyojlar uchun isteʼmolchilarga issiklik yetkazib berish. Markaziy va mahalliy Issiqlik bilan taʼminlash bilan t. tizimi yordamida amalga oshiriladi. Bunda suv (t-rasi 150° gacha) yoki bugʻ (bosimi 0,5 — 4,0 MPa) issiqlik eltgich vazifasini bajaradi. Markazlashtirilgan Issiqlik bilan taʼminlash bilan t. ti-zimi sanoat yoki turar joylarning koʻplab isteʼmolchilarini (bir necha oʻnlab km da joylashgan), mahalliy Issiqlik bilan taʼminlash b-n t. tizimi bir yoki bir necha binoni (bir necha oʻnlab m. da joylashgan) issiklik bilan taʼminlaydi. Markaziy Issiqlik bilan taʼminlash bilan t. da bir yoki bir necha issiqlik manbai, issiklik tarmoklari va issiklik qabul qiladigan qurilmalardan foydalaniladi. Issiqlik bilan taʼminlash bilan t. manbai — qozonlar, sanoat korxonalari va issiklik elektr markazlaridan ortgan issiqlikdan foydalanadigan qurilmalar. Issiqlik tarmoqlari — suv yoki bugʻ yuradigan quvurlar, binolarga suv yoki bugʻ kiritish va chiqarish moslamalari hamda izolyatsiya materi-allari. Issiqlik qabul qiladigan qurilmalar — radiatorlar, reyestrlar, qovurgʻali trubalar va b. Issiklik isteʼmolchilari qancha koʻp, yaʼni Issiqlik bilan taʼminlash bilan t. tizimi qancha yirik boʻlsa, tejamlilik shuncha ortadi, ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish shuncha yengillashadi. Issiqlik bilan taʼminlash bilan t. tizimida t-rani yoki issiqlik eltuvchi miqdorini rostlab turish mumkin. Yirik tizimlarda bu ish avtomatika va uzokdan boshqarish asboblari vositasida bajariladi. Isteʼmolchilar sarf qilayotgan issiklik miqdori va parametrlarini qayd qilib turish uchun boshqarish uzellariga issiklik oʻlchagichlar va qayd qilgichlar (registratorlar) oʻrnatiladi. Oʻzbekistonda Issiqlik bilan taʼminlash bilan t. tizimi 20-a. 30-y. lar oxirlarida paydo boʻlgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые