Jinsiy aloqaga munosabatning pasayishiga ta’sir etuvchi omillar

Jinsiy aloqaga bo‘lgan munosabat yoki jinsiy talpinish ilmiy so‘z bilan aytganda libido deb ataladi. Libido erkak va ayollarda hayot davomida o‘zgarishlarga uchrab turadi. Qanday omillar bunga ta’sir qilishini va bu omillarni bartaraf etib, to‘liq jinsiy hayot bilan yashash imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz.

Jinsiy aloqa

Omillar psixologik va jismoniy bo‘ladi, ularning eng asosiy va ko‘p uchraydiganlarini ko‘rib chiqamiz:

Stress

Stress jarayonida inson ishlab, aktiv faoliyat bilan shug‘ullanishi qiyin emas. Lekin jinsiy talpinishni o‘z me’yorida bo‘lishiga bu salbiy ta’siz ko‘rsatadi. Ishxonada ish ko‘payib ketishi, moliyaviy muammolar, yaqin qarindoshlar muammolari va boshqa shu kabi qiyinchiliklar sizning jinsiy aloqaga sovuqqon bo‘lib qolishingizga turtki bo‘ladi.

Stress holatini keltirib chiqaruvchi muammolarni tezda hal qilishga harakat qiling.

Spirtli ichimliklar

Spirtli ichimliklar insonga ikki tomonlama ta’sir qilishi mumkin. Ayollarda me’yorida ichilgan spirtli ichimlik jinsiy aloqaga talpinishni kuchaytrisa, erkaklarda spirtli ichimliklar sezgirlikni pasayishiga olib keladi. Bu nafaqat spirtli ichimliklarga xos xususiyat, balki spirtli tibbiyot vositalariga ham xosdir.

Spirtli ichimliklardan kamroq iching.

Uyquga to‘ymaslik

Uyquga to‘ymaslik jinsiy aloqaga talpinish pasayishiga olib keluvchi eng katta omil. Yetarlicha to‘yib uxlamaslik jinsiy aloqaga ehtiyojni so‘ndiradi. Uyqusizlikni bartaraf eting, uyquga to‘yib yursangiz jinsiy aloqaga ehtiyoj ortib ketadi.

Farzandlar

Farzandlar

Uyda yangi tug‘ilgan chaqaloq mavjudligi, kichik farzandlar muammolar er-xotin birga xoli qolishiga yo‘l bermaydi. Vaqti-vaqti bilan farzandlarni buvilariga yuborib o‘zingiz uchun vaqt ajrating.

Dorilar

Libidoni pasayib ketishiga bir qator dorilar ta’sir ko‘rsatadi. Bu dorilarga gormonal kontratseptivlar, antidepressantlar, qon bosimini tushiruvchi dorilar, allergiyaga qarshi dorilar, kimyoviy terapiyada foydalaniladigan dorilar kiradi.

Vrach bilan maslahatlashgan holda dorining turini yoki ichish hajmini o‘zgartiring. Hech qachon o‘zingiz bemaslahat dori ichishni toxtatmang va uning hajmini o‘zgartirmang.

Tashqi ko‘rinish

O‘zingizning ko‘rinishingiz o‘zingizga yoqmasa jinsiy aloqaga kirishish qiyinchilik tug‘diradi. Osilgan qorin, qaralmagan soch turmagi-bu va boshqa tashqi ko‘rinish ko‘rsatkichlari sizning o‘zingizga bo‘lgan munosabatingiz yaxshi emasligidan dalolat beradi.

O‘zingizga qarab yuring. Siz o‘zingizga yoqsangiz, jinsiy talpinish ham kuchayadi.

Ortiqcha vazn

Ortiqcha vazn

Ortiqcha vazn har tomonlama libido pasayishiga olib keladi. Birinchidan, ortiqcha vaznga ega bo‘lgan odamning jismoniy holati qiyinchilik tug‘dirsa, ikkinchidan uning semizligi psixologik jihatdan uning siqilishida namoyon bo‘ladi. u bilan munosabat qilish og‘ir bo‘ladi, qolaversa sog‘lig‘i ham yaxshi bo‘lmaydi. Bu esa jinsiy munosabatlarning yo‘qqa chiqishiga olib keladi.

Ortiqcha vazndan qutuling.

Gormonlar

Erkaklarda jinsiy talpinishga javob beruvchi testosteron gormoni hayot davomida o‘zgarmas ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. Lekin ayollarning gormonal ko‘rsatkichlari hayot mobaynida bir necha bor o‘zgarishlarga duch keladi. Shunday o‘zgarishlar (homiladorlik, emizish davri, menopauza, klimaks) ayollarda libido ortishi yoki pasayishiga olib keladi.

Vrach bilan maslahatlashgan holda ayrim gormonal o‘zgarishlarni dori bilan korrektirovka qilish mumkin.

Yoshning kattaligi

Erkak va ayolning yoshi ulg‘aygan sari jinsiy aloqaga munosabati ham o‘zgarishi mumkin. Bunga farzandlar muammosi, uy – yumushlari, munosabatlardagi o‘zgarishlar ta’sir qilishi mumkin. Lekin yoshi ulug‘larda ham jinsiy talpinish kuchli bo‘lganlar juda ko‘p.

Erkak va ayol bir-birini sevsa, qaysi yoshda bo‘lmasin (keksalikka qadar) jinsiy aloqaga munosabatini o‘zgartirmay, unga doim vaqt va kuch ajrata bilishi kerak. Jinsiy aloqa, jinsiy lazzatlanish sog‘liqqa ham psixikaga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishini unutmasliklari lozim.

Depressiya

Depressiya

Depressiya holati ko‘proq ayollarga xos bo‘lgan holat. Bir tomondan depressiyaning o‘zi libido pasayishini keltirib chiqarsa, ikkinchi tomondan depressiyaga qarshi antidepressant dorilar ham jinsiy talpinishni pasaytiradi.

Depressiya bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang. Bunday holat yuz bersa, undan dori vositalarsiz qutilish iloji bo‘lmasa kuting. Vaqt o‘tib libido o‘z joyiga keladi.

Oilada jinsiy munosabatlar a’lo darajada bo‘lishi o‘z qo‘lingizda. Bundan siz ham suyukli tumursh o‘rtog‘ingiz ham yutuqda bo‘lasizlar.

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x