KOLRAUSH QONUNI — ionlar harakatining bir-biriga bogʻliq emaslik yoki elektrolitlar eritmasi elektr oʻtkazuvchanligining cheksiz suyultirilgandagi additivlik qonuni. 1879-y. da nemis fizigi F. Kolraush tomonidan tajriba natijalari asosida tasdiqlangan. Kolraush qonuniga muvofiq cheksiz suyultirilgan elektrolitlar eritmasining ekvivalent (molyar) elektr oʻtkazuvchanligi (XJ kationlar va anionlar harakatchanligi tufayli sodir boʻladigan elektr oʻtkazuvchanliklar (Xk va A. a) yigʻindisidan iborat, yaʼni: X^=Xk+Xa tegishli ionning cheksiz suyultirilgandagi elektr oʻtkazuvchanligi boʻlib, eritmadagi kationlar va anionlar harakatchanligining (/k va /d) yigʻindisiga mos keladi (Xj=lA+lK). K. q. fa-qat oʻta suyultirilgan eritmalarga xosdir. Yaʼni elektrolitlar eritmasi maʼlum darajada suyultirilgandan soʻng undagi ionlar bir-biridan shu darajada uzoqlashadiki, ular bir-biriga toʻsqinlik qilmay harakatlana oladi. Eritmaning konsentratsiyasi ortishi b-n ionlararo tortish kuchayadi, ionlarning solvatlanish darajasi oʻzgaradi, elektrolitning ionlash darajasi ham oʻzgaradi. Natijada ionlarning harakatchanligi susayadi, binobarin ekvivalent elektr oʻtkazuvchanlik pasayadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые