QISHLIQ

QISHLIQ (rus manbalarida Kashlik) , Sibir — Sibir xonliginit poytaxti (15-a. ning oxiridan). tobolsk sh. dan 17 km yuqorida, Irtish daryosining oʻng qirgʻogʻida, Sibirka irmogʻining quyilish joyida joylashgan. 14-a. boshlaridan maʼlum. 16-a. da Qishliq aholisi savdo va hunarmandchilik (temirchilik, toʻqimachilik, etikdoʻzlik, moʻynadoʻzlik, suyakdan buyumlar yasash), baliq ovlash, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Qishliq atrofida istehkomli bir qancha mayda shaharchalar boʻlib, ularda xon va uning qarindoshlari yashagan. 1582-y. kuzida Yermak qoʻshinlari tomonidan bosib olingandan soʻng Qishliqda hayot soʻngan. Qishliqda (Iskar shahar xarobasida — tatarcha Eski yer) 1915-y. V. N. Pignatti qazishma ishlari olib borgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x