LUQSOR (arab, al-aqsar) — Misrdagi shahar, Nil daryosi oʻrta oqimining oʻng sohilida. Aholisi 360,5 ming kishi (1996). T. y. stansiyasi. Aeroport bor. L. — iqlim kurorti. Iqlimi quruq choʻl iqlim; yomgʻir deyarli yogʻmaydi. Oʻrtacha t-ra yanvarda 16,7°, martda 22, G. L. da buyrak, yuqori nafas aʼzolari xastalangan bemorlar davolanadi. Xalqaro turizm markazlaridan. Mehmonxona, pansionat koʻp. Hunarmandchilikda es-dalik buyumlari (suvenirlar) tayyorlanadi.
Luqsor qad. Fiva (Misrning mil. av. 21 — 11-a. lardagi poytaxti) oʻrnida bunyod boʻlgan. Luqsorning gʻarbiy chekkasida AmonRa, Mut va Xonsu xudolarining ibodatxonalari joylashgan. Bu yodgorliklarda Yangi podsholik davrining (mil. av. 16—11-a. lar) meʼmoriy anʼanalari aks etgan, kolonnadalardan keng foydalanilgan.