KOBE, Kobe — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu o. ning jan.-gʻarbiy qismida. Osaka qoʻltigʻi sohilida. Xiogo prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,5 mln. kishi (1990-y. lar oxiri). Muhim t. y. tuguni. Yaponiya gʻarbidagi yirik sanoat markazi. Metallurgiya, transport mashinasozligi, jumladan, kemasozlik (mamlakatda qurilayotgan kemalar hajmining 1/3 qismi Kobe hissasiga toʻgʻri keladi), oziq-ovqat va harbiy sanoat korxonalari bor. Elektr energiya, toʻqimachilik va kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqariladi. Kobe porti Yaponiyadagi eng yirik portlardan biri (yillik yuk ortib-tushirish 150 mln. t.). Metropoliten qurilgan. Kobeda chet el banklarining yirik filiallari, savdo va sanoat firmalari joylashgan. Un-t, oliy tijorat in-ti, tex. kolleji, rasadxona, badiiy muzey mavjud. Kobe — xalqaro turizm markazlaridan biri. Shahar atrofida kurortlar va milliy bogʻlar bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые