DO`STLARGA ULASHING:
Kreativ marketing g’oyalari ishlab chiqish va yozish.
― Ochig’ini aytadigan bo’lsak, bunday va biznes hammaning ham qo’lidan kelmaydi va hamma ham uddasidan chiqolmaydi. Lekin harakat bo’lsa, albatta natija bo’ladi 😎.
#Xarajatlari:
– Bunday kasb egalari uchun xarajat bu – Internet uchun MB va aqliy dunyosining kengligi hamda kreativligi deb bilaman. Shuningdek bu kasb egalariga ko’proq kreativ videoroliklar ko’rishni, kreativ reklama posterlarini kuzatishnu va telegramdagi reklama va marketing hamda menejmentga oid, biznes va sotuvga oid telegram kanallarni kuzatishni tavsiya qilamiz.
#Daromadlari:
– Kreativ reklama ssenariylari va g’oyalari yozuvchi kasb egalari har bir g’oya uchun o’rtacha 35 000 so’mdan — 15 million so’mgacha daromad topishlari mumkin. Daromadni qancha topish sizning harakatingiz darajasiga bog’liq, do’stlarim 😉.
P.s: Bu ishni o’rganib qo’yavering. “Kerakli yukning og’irligi yo’q” deganday, qo’shimcha kasbning ziyoni yo’q.