QIZILTEPA

QIZILTEPA — mil. av. 9—4-asrlarga oid shahar xarobasi. Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani hududida, Qizilsuv daryosining oʻng sohilida. G. A. Pugachenkova rahbarligidagi Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan oʻrganilgan (1971 yil). Q. rejasi toʻrtburchak shaklida (420×360 m) boʻlib, mayd. 16 ga. Qiziltepa jan. sharq va jan. gʻarb tomondan poydevori 10 m qalinlikda, (paxsa va xom gʻishtdan) asosi doira shaklida boʻlgan tekis minoralari bor qalin devor bilan oʻralgan. Devor va minoralarda oʻq otish shinaklari bor. Devor atrofiga xandak qazilgan. Qiziltepa uch qismdan iborat:

1) Qiziltepaning jan. gʻarbiy qismidagi bal. 10 m ga yaqin tepalikka quqilgan ark va hukmdorlar saroyi;

2) shaharning oʻz hududi;

3) shaharning jan. sharqiy devoridan tashqarida joylashgan, umumiy mayd. 4—5 gektar boʻlgan hudud. Tadqiqotlar Qiziltepada hayot 3 asosiy davrga boʻlinganini koʻrsatadi. Qiziltepa1 (mil. av. 9—7-asrlar); Q.2 (mil. av. 7—5-asrlar); Q. Z (mil. av. 5—4-asrlar). Qiziltepa2 davrida hayot birmuncha rivojlangan. Bu davrda Qiziltepaga kishilar koʻplab koʻchib kela boshlagan. Qalʼa qoʻrgʻonida paxsa va xom gʻishtdan qator hashamatli imoratlar qurilgan.

Qiziltepadan har xil qurollar (yorgʻuchoq hovoncha, oʻgʻir dasta, oʻroq), toʻq qizil rang angob bilan sirlangan silindrsimon tirgakli idish, uy hayvonlari suyaklarining koʻplab topilishi dehqonchilik, kulolchilik va chorvachilikning jadal yuksalganidan darak beradi.

Mil. av. 4-asrda Qiziltepa Aleksandr (Iskandar Maqsuniy) qoʻshinlarining yurishi vaqtida butunlay vayron qilingan.

Ad. Arshavskaya 3. A., Rtveladze E. V., Xakimov 3. A., Srednevekovne pamyatniki Surxandari, T., 1982.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x