LIXACHEV Dmitriy Sergeyevich

LIXACHEV Dmitriy Sergeyevich [1906.15(28).11, Peterburg – 2001, SanktPeterburg] — rus adabiyotshunosi, jamoat arbobi, akad. (1970). 1928-y. da Leningrad un-tini tugatio. Rus adabiyoti inti (Pushkin uyi)da (IGA)… ilmiy faoliyatini boshlagan. 1954-y. dan shu in-tda qad. rus adabiyoti boʻlimi mudiri, Leningrad unti prof. (1946—55). 1928—32 y. larda repressiyaga uchragan. Lixachev 10—17-a. lar rus adabiyoti va madaniyati tarixchisi sifatida rus adabiyotshunosligining muhim nazariy masalalari bilan shugʻullanib kelgan («Igor jangnomasi», 1950; «Qadimgi rus adabiyotida inson», 1958; «Andrey Rublev va Yepifaniy Premudriy davridagi Rus madaniyati», 1962 va b.). L. ning qad. rus adabiyotining paydo boʻlishi, unda inson xarakterining tasvirlanishi, adabiy yoʻnalishlar, janr va uslub tizimlarining tashkil topishi haqidagi asarlarida adabiyot, xalq ijodi va tasviriy sanʼat uzviy aloqada oʻrganilgan: «Qadimgi rus adabiyoti poetikasi» (1979), «Rus tabiati haqida qaydlar» (1981), «Oʻtmish—kelajakka» (1985). «Matnshunoslik» asarida matnshunoslikning mustaqil fan ekanligini isbotlab berdi. Lixachevning mazkur monografiyasi va b. tadqiqotlari oʻzbek matnshunoslik fanining shakllanishiga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x