QANOTOYOQLI MOLLYUSKALAR

QANOTOYOQLI MOLLYUSKALAR — orqajabrali mollyuskalar turkumi nomi. Suv havzalarida keng tarqalgan. Oyogʻi qisqarib ketgan; faqat uning ikki yonidagi parapodiylari qonotga oʻxshash kengaytan boʻlib, suzish vazifasini bajaradi (nomi shundan). Chigʻanogʻi spiral shaklda yoki ikki tomonlama simmetriyali, baʼzilarida yoʻq. Tanasi xira yoki yorqin tusda. Germafrodit (q. Germafroditizm). 100 ga yaqin turi bor. Keng tarqalgan, ayniqsa, tropik dengizlarda koʻp uchraydi. Ayrim turlari tuxumlarini maxsus tuxum xaltasida olib yuradi; tuxumlari faqat urgʻochisi halok boʻlgach, suvga chiqadi. Baʼzi turlarida tuxumlar suvda qalqib turadigan shilimshiq kapsula ichida boʻladi. Plankton lichinka hosil qilib koʻpayadi. Suv qaʼrida yashaydi, plankton bilan oziklanadi. Sutka davomida vertikal migratsiya qiladi. Ayrim koʻp uchraydigan turlari ovlanadigan baliqlar va moʻylovli kitlar uchun oziq boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x