KIM Grigoriy Petrovich

KIM Grigoriy Petrovich (1916.22.8 — 1976.18.10, Toshkent) — rej., rassom. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1951). 1939—47 y. lar Toshkent viloyat Koreys musiqali teatrining bosh rassomi. Keyinchalik Andijon musiqali drama teatrida rej. (1951—54). Jan. Saxalin koreys teatrida (1954—60), Namangan (1960—65, 1968—72) va Surxondaryo (1965—68) teatrlarida bosh rej. 1972—76 y. lar Oʻzbek davlat filarmoniyasi «Kayagim» (1984-y. dan «Chinchun») koreys ashula va raqs ansamblining badiiy rahbari. Eng yaxshi spektakllari: «38-parallel janubrogʻida», «Revizor», «Momaqaldiroq», «Tayfun», «Toshbolta oshiq», «Yoshlikda bergan koʻngil», «Oʻliklar kechirmaydi», «Ufq» va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x