Bolalarda kup terlash kasallikmi

Quyidagi turlari mavjud:

1⃣ fiziologik terlash.

2⃣ patologik terlash:
a) generallashgan (umumiy)
b) lokal (mahalliy)

Sabablari:

⏺ Terlashning fiziologik ko‘payishi atrof-muhitning yuqori haroratida, og’ir jismoniy ishda(chaqaloqlarda emayotganda boshining terlashi) kuzatiladi. Bunday holatlarda ortiqcha terlash tana haroratining pasayishiga yordam beradi va normal holatdir.

⏺ Patologik mahalliy gipergidroz ko’pincha qo‘l kaftining terlashi, ayniqsa hayajonlanish bilan namoyon bo’ladi. Buning sababi, masalan, neyrosirkulyator distoniya bo’lishi mumkin. Oyoqlarning individual ravishda terlashi juda keng tarqalgan.

Patologik umumiy terlash isitma bilan kechadigan yuqumli kasalliklarda, endokrin kasalliklar (gipertireoz), yurak-qon tomir tizimi patologiyasi bilan kuzatiladi.

Tibbiy yordam:

1⃣ Fiziologik gipergidroz paytida ko’p miqdorda suyuqlik ichiring, suvga ozgina osh tuzi qo‘shsangiz ham bo‘ladi.

2⃣ Yuqumli kasallik fonida umumiy gipergidroz bo’lsa, ko’p suyuqlik ichish, tez-tez ichki kiyimni almashtirish va tana haroratida, yengil kiyim kiyish tavsiya etiladi.

3⃣ Mahalliy gipergidroz bilan (qo’ltiq osti, kaft, oyoqning haddan tashqari terlashi) — terini ehtiyotkorlik bilan parvarish qilish, muntazam suv muolajalari, kontrastli vannalar, mavrak va bo‘yimadaron damlamasiga qilingan vannalar.

4⃣ Agar kaft va qo’ltiqlarning mahalliy gipergidrozida konservativ davo effekt bermasa, jarrohlik yo‘li bilan davolanadi.

5⃣ Asosiy kasallikni davolash.

Biron kasallik alomatini sezsangiz bolani darhol vrach Pediatr ko‘rigiga olib boring.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x