Registon arig‘i


Post Views:
31

REGISTON ARIFI – Kaykovus kanalining chap irmog‘idan (Zarqaynar ko‘chasiga yaqin joydan) boshlangan; uzunligi 2,5 km. Zarqaynar ko‘chasi bo‘ylab Imomsoib masjidi, aholi zich yashaydigan mahallalar orqali o‘tib, Jangob arig‘iga quyilgan. Toshkentning Registon bozori (hozirgi Chorsu)dan oqib o‘tganligi uchun shu nomni olgan. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida Ryegiston arig‘i Sebzor dahasining Uchko‘cha, Asuvot, Chuvalachi, Hasanboy, Sebzor, Chigitboshi, Oxunguzar-1, Oxunguzar-2, Oxunguzar-3, Fishtko‘prik, Eskijo‘va, Hojiko‘cha mahallalaridan oqqan. Ryegiston arig‘ining shaharning markaziy bozoridan o‘tgan qismida ariq bo‘ylab hordiq chiqarish joylari, oshxona va choyxonalar barpo etilgan.

“Toshkent” ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/registon-arigi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x