MAGNIT MOMENT — tok oqayotgan berk konturning, jismlar va modda zarralarining magnit xossalarini ifodalaydigan vektor kattalik. Elementar zarralar, atom yadrosi, molekula va atomlarning elektron qobiqlari Magnit momentga ega. Atom va yadro fizikasida Magnit moment ining oʻlchov birligi qilib magneton olingan. Makroskopik sistemaning Magnit moment uning atom (molekula) lari yigʻindisiga teng. Makroskopik jismning magnit holati magnitlanganlikni ifodalaydi. Magnit moment tushunchasi magnit maydondagi moddalarda sodir boʻluvchi turli fizik hodisalarni tushuntirishda juda muhimdir.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые