Bo‘zsuv ko‘priklari


Post Views:
336

Ushbu “shoshcha” orqali ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan fotosuratlarni keltirmoqdamiz

Bo‘zsuv_2

Bo‘zsuv_3

Bo‘zsuv_2

Ma’lumot uchun («Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil): BO‘ZSUVChirchiq daryosining o‘ng sohilidagi magistral kanal, Toshkent va uning tevarak-atroflarini sug‘oruvchi bosh ariq. Bo‘zsuv ikki joydan: Bo‘zsuv – Zax magistralidan hamda Chirchiq shahri Bo‘zsuvboshi mahallasi yaqinida Chirchiq daryosidan suv olib, Chinoz shahri yonida Sirdaryoga quyiladi. Umumiy uzunligi 158 km. Suv sarfi bosh qismida 310 m3/s, 10-GESdan quyi qismida 110 m3/s (shu yerdan quyilish qismigacha uzunligi 138 km).

Kanal shahar doirasida Yunusobod, Shayxontohur va Uchtepa tumanlari hududidan oqadi. Toshkent avtomobil halqa yo‘lini kesib, Botanika bog‘ining shimoli-g‘arbiy tomonidan o‘tadi, g‘arbiy yo‘nalishda Toshkent – Moskva temir yo‘lini, Amir Temur ko‘chasini kesib, «O‘zekspomarkaz» dam olish zonasini aylanib, Kichik halqa yo‘li orqali o‘tadi (shu yerda Bo‘zsuvdan o‘ngga qarab Kaykovus kanali boshlanadi). Shundan keyin Bo‘zsuv janubiy yo‘nalishda oqib, Xurshid, Abdulla Qodiriy, Navoiy va O‘zbekiston hamda Abay ko‘chalarini kesib o‘tib, ikkiga – o‘ngga Anhor, to‘g‘riga – Bo‘rijarga ajraladi. Sug‘orish maydoni 100 ming ga.

Bo‘zsuv kanali milodning boshlarida qazilgan deb taxmin qilinadi. Muhammad Solihxo‘janing (1830–1890) «Tarixi jadidayi Toshkand» asarida Bo‘zsuv kanali qazilishiga bog‘liq quyidagi rivoyat keltiriladi: «…Podshoh Kaykobus va podshoh Salor zamonida Kaykobus buyrug‘i bilan shahardan uch tosh bo‘lgan Bandi Podshoh degan yerda Farak (Chirchiq) daryosidan katta anhor qazildi va ikki toshga yetkazilgach, u ikki tarmoqqa bo‘lindi. Biri sharqdan janubga yo‘naltirildiki, u yerdan shahargacha chorak farsang (1,5 km)dir. Viloyatning oxiri bo‘lgan g‘arb tarafga oqadigan bu ariq Salor nomiga mansubdir. Yana birini o‘sha mavzedan shahar tashqarisigacha yetkazib, Kaykobus nomini qo‘ydilar… Hozir Kaykobus arig‘ini odamlar Bo‘zsuv deb ataydilar».

Bo‘zsuv sistemasi 1971–77 yillarda rekonstruksiya qilingan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi yillarda Bo‘zsuv sohillarini obodonlashtirishga alohida e’tibor berildi. Toshkent ichida kanalning 2,2 km qismi betonlangan. Bo‘zsuvdan har ikki tomonga 25 tarmoq chiqarilgan. Shundan 10 dan ortig‘i tumanlar­aro ariqlardir. Bo‘zsuv va undan chiqarilgan Darbozakent, Salor, Barotxo‘ja, Chartoq, Shoh, Bog‘lar, Yangi Shoh, To‘qaboy, Qulboy, Kaykovus, Kengariq, Oqqo‘r­g‘on, Qorasuv, Yalang‘och, Anhor, Bo‘rijar va Oqtepa ariqlari Toshkentdan oqib o‘tib, shaharni suv bilan ta’minlaydi. Bo‘zsuv energetika traktida umumiy quvvati 250 ming kVt dan ortiq 17 ta GES ishlab turibdi. Bo‘zsuv poytaxt viloyatining 89308 gektar  maydonini, jumladan Toshkentning 19323 gektar hududini suv bilan ta’minlaydi.

https://shosh.uz/uz/bo-zsuv-ko-priklari/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x