ISFARA

ISFARA (yuqori oqimida Oqsuv, oʻrta oqimida Karavshan) — Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston respublikalaridagi daryo. Turkiston tizmasining shim. yon bagʻridagi Oqsuv muzligidan boshlanadi. Kishmishsoy bilan qoʻshilgach, Isfara nomini oladi. Isfaraning muzliklardan boshlanadigan 60 ga yaqin mayda irmogʻi bor. Konibodom sh. dan 7—8 km jan. sharqda Fargʻona vodiy-sining tekislik qismiga chiqadi. Uz. 107 km, havzasining mayd. 3240 km2, oʻrtacha bal. 2260 m. I. xavzasida umumiy mayd. 169,6 km2 boʻlgan 210 ta muzlik bor, ularning eng kattalari Oqsuv (mayd. 17,4 km2) va Jiltiq (mayd. 21,4 km2) muzliklaridir. Isfara, asosan, muzlik va krr suvlaridan toʻyinadi. Isfara oʻrtacha yillik suv sarfi Toshqoʻrgʻon yaqinida 14,5 m3/sek. Eng katta suv sarfi 150 m3/sek. (1973-y. 5 avg.), eng kichik suv sarfi 0,050 m3/sek. (1975-y. 28 mart). Tulinsuv davri (may—sent.) da yillik oqimining 80—85% oqib oʻtadi. Iyul oyida oʻrtacha oylik suv sarfi 43,6 m3/sek. ga yetadi. Mart—apr. oylarida oʻrtacha oylik sarfi 3,5—4,0 m3/ sek. gacha kamayadi. I. Fargʻona vodiysiga yiliga oʻrtacha 290 ming t loyqa keltiradi. Isfara suvining hammasi sugʻorishga sarf boʻlganligi uchun Sirdaryoga yetib bormaydi. Isfara boʻyida Qirgʻizistonning Jiltiq, Tamingen ovullari, To-jikistonning Isfara sh., Toshqoʻrgʻon, Surx, Xonobod, Neftobod, Rabot qishloqlari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x