KAKAYDI — Jarqoʻrgʻon tumanidagi shaharcha (1942-y. dan). Kakaydi neft koni ishchilar shaharchasi negizida tashkil topgan. Viloyat hududining jan. da, Surxondaryoning chap koʻhna qayiri (terrasasi)da, Kakaydi kanali boʻyida joylashgan. Jarqoʻrgʻon t. y. stansiyasidan 15 km. Aholisi 6,5 ming kishi (2002). Umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, kasalxona, deqqon bo-zori, avtokorxona, madaniyat va istirohat bogʻi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. K. bilan viloyat markazi Termiz sh. orasida avtobus qatnaydi.
Loading…