ISLOM SHOIR Nazar oʻgʻli (1874 narpay tumani — 1953.17.7) — oʻzbek baxshisi. Oʻzbekiston xalq shoiri (1940). Narpay dostonchilik maktabi vakili. Ernazar shoirning shogirdi. Bobosi Rajab shoirdan doʻmbira chertishni, terma va doston kuylashni oʻrgangan. 22 yoshida dostonchi sifatida tanilgan, 30 ga yaqin xalq dostonlarini, koʻpgina xalq qoʻshiq va ertaklarini yod bilgan. Oʻzbekiston shahar va qishloqlarini kezib, «Alpomish», «Kuntugʻmish», «Goʻroʻgʻli», «Orzigul», «Ravshanxon», «Gulixiromon», «Yakka Ahmad» dostonlarini, Maxtumkuli, Berdaq, Mashrab va b. ning sheʼrlarini kuylagan. Islom shoir repertuaridagi ayrim dostonlarda oʻzbek xalq eposining ijtimoiy adolatsizlik va unga qarshi kurash gʻoyasi («Orzigul», «Zulfizar bilan Avazxon» va b.), xalqchillik mavzui («Kuntugʻmish va «Sohibqiron») oʻz ifodasini topgan. «Boʻl omon», «Mehribonlar, hormangiz» va b. termalarida mehnat kishisiningtur-mushi tarannum qilingan. 2-jahon urushi yillarida chop etilgan «Jangno-ma» (1941), «Qahramonnoma» (1942) toʻplamlarida oʻzbek jangchilarining mardlik va jasoratligi ulugʻlangan. Islom shoirning urushdan keyingi yillar ijo-dida ijodiy mehnat («Obodlik uchun», «Tinchlik boʻlur barqaror»), tinchlik uchun kurash («Tinchlik jarchisi», No-zim Hikmatga bagʻishlangan) mavzulari muhim oʻrin egallaydi. Islom shoir asarla-ʻ ri badiiy mukammalligi, zamonaviyligi, tilining xalq iboralari, ma-qollar, hikmatli soʻzlarga boyligi bilan ajralib turadi. Undan «Orzigul», «Gulixiromon», «Sohibqiron», «Erali va Sherali», «Kuntugʻmish», «Tohir va Zuhra» kabi dostonlar va bir qancha termalar yozib olib, nashr etilgan. Ay-rimlari qardosh xalqlar tillariga tarjima qilingan. Narpay tumanida kucha va maktabga Islom shoir nomi berilgan. 1975-y. da shoir tavalludining 100-yilligi nishonlandi.
As: Tanlangan asarlar, T., 1953.
Ad.: Sobirov O., Islom shoir Nazar oʻgʻli (hayoti va ijodi), T., 1967.