ISLOM POLVON

ISLOM POLVON, Islomqul Sultonqulov (?—Qoʻqon—1923) — Fargʻona vodiysida Sovet tuzumiga qarshilik koʻrsatish harakatining bosh qoʻmondoni (1923). Mutasavvif shayx va polvon sifatida Fargʻonada mashhur boʻlgan. Turkiston mustaqilligi uchun chor Rossiyasiga qarshi koʻtarilgan gʻalayonlarda qatnashgan (1909—16). Islom polvon rahbarligida Qoʻqon va Oʻsh uyezdlaridagi Qoraboy, Mirza Umar, Eshmat boyvachcha, Madumar va Madali lashkar-boshilar, Hojixon Toʻra va b. qoʻrboshilar harakat qilgan. 1921—22 y. larda u Shermuhammadbekning oʻrinbosari edi. 1923-y. 1 yanv. da Shahrixonda boʻlgan qurultoyda Fargʻona vodiysida Sovetlarga qarshi harakatni boshqarish va qoʻrboshilar faoliyatini yagona maqsad sari yoʻnaltirib turish uning zimmasiga tushdi. Bu paytda Islom polvon qoʻl ostida 8000 yigit va 200 dan oshiq qurboshilar toʻplangan. Uning eng yaqin yordamchilari Qoraboy qoʻrboshi va Yormat maxsum edi. Bir qator muvaffaqiyatli jang harakatlaridan soʻng u Soʻx atro-fidagi jangda yengiladi (1923-y. avg.) va toqqa chiqib ketadi. Biroq Margʻilonga qaytib, yana kurashni davom ettiradi. 1923-y. 3 okt. da Islom polvon qizillar tomonidan asirga olinadi va 1923-y. dek. da Turkiston harbiy tribunale sayyor guruhi tomonidan (Qoʻqonda) otib tashlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x