LUARA

LUARA — Fransiyadagi eng uzun dare. Uz. 1012 km, havzasining mayd. 115 ming km2. Savenna togʻlaridan boshlanib, Markaziy Fransiya massivi va Luara pasttekisligidan oqadi va Atlantika okeanining Biskay qoʻltigʻiga estuariy hosil qilib quyiladi. Asosiy irmoqlari: Alye, Sher, Vyenna (chapdan). Oʻrtacha suv sarfi 800 m3/sek. Yomgʻir va qor suvlaridan toʻyinadi. Suvi fev. va mart oylarida koʻpayib, avg. va sent. oylarida kamayadi. Roan sh. gacha kema qatnaydi. Kanallar orqali Reyn, Sena, Sona daryolari bilan bogʻlangan. Luara daryosi sohillarida Orman, Tur, Nant sh. lari, estuariysida — Sen-Nazer porti joylashgan. Luara vodiysida 15—16-a. larda qurilgan koʻplab qasrlar saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x