LONGFELLO

LONGFELLO (Longfellow) Genri Uodsuort (1807.17.2, Portlend, Men shtati — 1882.24.3, Kembrij, Massachusets shtati) — amerikalik shoir, tarjimon. Advokat oilasida tugʻilgan. 1836—54 y. larda Garvard un-tining Yevropa adabiyotlari va tillari boʻyicha prof. «Qullik haqida qoʻshiqlar» (1842) qoratanlilarni qulliqdan ozod qilish harakati taʼsiri ostida yaratilgan. «Koʻchmanchi qushlar» toʻplamida (1858) erksizlikni qoralab, ozodlikni madh etgan. Milliy boʻyoklarga boy «Evanjelina» (1847), «Maylz Stendishning unashtirilishi» (1858) kabi epik dostonlar muallifi. Longfello ijodida indeyslarning mashhur afsonalari asosida yozilgan «Gayavati haqida qoʻshiq» dostoni (1855) mashhur (bu qahramonlik eposi oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan). 1863-y. da J. Bokkachcho va J. Choser uslublarida «Yoʻl boʻyidagi mehmonxona hikoyalari» toʻplamini yaratgan. L. Yevropa adabiyotlarining tarjimoni sifatida ham tanilgan. 1846-y. da «Yevropa shoirlari va sheʼriyati» toʻplamini nashr ettirdi. Bu toʻplamga amerikalik shoirlar, jumladan, Longfelloning oʻzi ham tarjima qilgan 400 dan ortiq asar kiritilgan. 1876 — 79 y. larda 31 jilddan iborat «Turli oʻlkalarning sheʼrlari»ni nashr qildirdi. Ushbu toʻplamning 20-jildi chor Rossiyasi xalqlari adabiyotlariga bagʻishlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x