DO`STLARGA ULASHING:
Qorin og‘rig‘iga qarshi samarali, zamonaviy dorilar.
Qorin og‘rig‘i bilan tez-tez shikoyat qiladilar, og‘riqning tabiati va ularning joylashishi, rivojlanish sabablari — esa turlicha.
Bugun biz sizga kichik ro‘yxat taqdim etamiz. O‘ylashimizcha, bu foydali bo‘ladi.
1. NOSH-PA. Preparat tabletka va in’eksiya uchun eritma holatida ishlab chiqariladi, shifokor retseptsiz beriladi. Faol tarkibiy qismi — drotaverin, ichak devoridagi silliq mushaklarga ta’sir ko‘rsatadi, qon tomirlarini kengaytiradi, ichaklarga qon oqimini oshiradi, tomirlardagi umumiy bosimni pasaytiradi.
2. Maaloks. U suspenziya va tabletka shaklida chiqariladi, shifokorning retseptisiz beriladi. Faol moddalari — algedrat va aluminiy gidroksiddir. Qorinning yuqori qismida og‘riqni bartaraf qiladi. Oshqozon yonishi, og‘rig‘i, qorin bo‘shlig‘ida og‘irlik hissi vujudga kelganda yordam beradi.
3. Dyuspatalin. Preparat tabletka shaklida chiqariladi, shifokor retseptisiz sotiladi. Tarkibidagi faol modda spazmolitiik ta’sirga ega — mebeverindir. Ichakdagi spazmlarni, sanchiq va og‘irlikni yo‘q qilishga yordam beradi, ichak harakatiga ta’sir qilmaydi.
4. Motilium. Preparat tabletka shaklida, shu jumladan — og‘izda so‘rilish uchun ekspress shaklida chiqariladi. Dorixonalarda retseptsiz beriladi. Asosiy faol moddasi — domperidondir. Oshqozon devorining qisqarishini normallashtiradi, dofamin retseptorlarini bloklaydi, ko‘ngil aynishini bostiradi, qusish markaziga ta’sir qiladi. (Qimmat, ammo samarali.)
Vrach bilan maslaxatlashing
@doridarmonlar