LXASA

LXASA (tibetcha «xudolar makoni») — Xitoyning jan.-gʻarbiy qismidagi shahar. Tibet muxtor r-nining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Tibet togʻligidagi Jichu daryosi (Brahmaputra irmogʻi) vodiysida, dengiz sathidan 3650 m balandlikda joylashgan. Avtomobil yoʻllari orqali mamlakatning boshqa tumanlari bilan bogʻlangan. Aholisi 140 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Lxasada oziq-ovqat, yogʻochsozlik, koʻn, metallsozlik, farmatsevtika, mayda mashinasozlik, kimyo korxonalari bor. Hunarmandchilikda gilam toʻqiladi, diniy marosim buyumlari tayyorlanadi. Geofizika rasadxonasi, meteorologiya va q. x. tajriba st-yasi bor. Mahalliy koʻmir asosida issiqlik elektr st-yasi ishlab turibdi. Qadimda Lxasa oʻrnida qoʻrgʻon boʻlgan. Keyinchalik uning atrofida shahar vujudga kelgan. 7-a. da dastlabki Tibet davlatining poytaxti boʻlgan. 15—17-a. larda L. Tibetning dunyoviy va buddizm (lamaizm) dinining markazi edi. Shaharning shim.-gʻarbidagi baland qoyali qismida 13 qavatli saroy — Potala saroy-monastiri (Dalay-lama qarorgohi) joylashgan. Uning asosiy qismi — «Qizil saroy» oltin bilan bezatilgan. Lxasa yaqinida 3 ibodatxona bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x