KONTRABANDA (kontr… va ital. bando — hukumat farmoni) — mamlakatga olib kelish va olib ketish taqiklangan tovarlar, qimmatbaho buyumlar, valyuta boyliklari va b. ni davlat chegarasidan qonunga xilof (yashirincha) usullarda oʻtkazish, shuningdek, taqiqlangan mollarni olib oʻtish uchun noqonuniy harakatlar qilish. Bojxonadan oʻtkazilmagan, xususan, bojxona nazoratidan tashqari yashirincha, topish qiyin boʻlgan vositalar orqali yoki hujjatlar (deklaratsiya)da koʻrsatilmagan mollar nokrnuniy olib oʻtilgan hisoblanadi. Bunday noqonuniy oʻtkaziladigan molmulkning oʻzi ham Kontrabanda deyiladi. Kontrabanda qonun b-n jazolanadi. Xalqaro qonunlarga koʻra, Kontrabanda tovarlari musodara qilinadi, aybdorlar jarima toʻlaydi yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые