LULLIY

LULLIY (Lullius) Raymund (1235, Malyorka — 1315, Tunis) — ispan faylasufi, yozuvchi va ilohiyotshunos. 30 yoshida saroy shoiri sifatidagi faoliyatini toʻxtatib, fransiskanlar ordeniga aʼzo boʻlib kirgan va missionerlik bilan shugʻullangan. Keyinchalik Shim. Afrikada murabbiylik qilgan. Musulmon va yahudiy ilohiyotshunosligini mukammal bilgan, Yevropada arabshunoslikka asos solgan. Lulliydan arab va katalan tilida yozilgan 300 ga yaqin asar qolgan. Lulliy dunyoqarashi fransiskanlar va Avgustin taʼsirida shakllangan. U averroizm va uning 2 haqiqat toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qarshi chiqib, haqiqiy bilimga ilohiy kashf orqaligina erishish mumkin, deb hisoblaydi. Lulliy fikricha, olam — Xudoning timsoli, har bir narsada ilohiy komillik mujassam boʻlgan. Mazkur taʼlimotni takomillashtirish maqsadida Lulliy tushunchalarning ramziy maʼnolarini qoʻllab, mantiqiy tajribalarni modellashtirish uslublarini ishlab chiqdi. U oʻzining «Buyuk sanʼat» («Ars magna», 1480) asarida mantiqni haqiqat va yolgʻonni oʻzaro farqlashga yordam beradigan sanʼat deb baholaydi. Shu maqsadda u mantiqiy tafakkurning yangi haqiqatni ochish uslubini maxsus mexanik moslama orqali modellashtirishga harakat qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x