LOHUR

LOHUR — Pokistonning shim.sharqiy qismidagi shahar. Ravi daryosining chap sohilida. Panjob viloyatining maʼmuriy va iqtisodiy markazi. Kattaligi va iqtisodiy mavqei jihatidan mamlakatda Karochi sh. dan keyin 2-oʻrinda. Aholisi 5,1 mln. kishi (1998).

Lohur milod boshlarida bunyod etilgan. 10-a. da hind rojaligining markazi. 11-a. boshida Mahmud Gʻaznaviy hukmronligi ostiga oʻtgan. 1099—1114 va 1153—86 y. larda Gʻaznaviylar davlatining poytaxti boʻlgan. 1240-y. da moʻgʻullar, 1342 va 1398-y. larda xoxorlar, 1398-y. da Amir Temur askarlari egallagan. Dehli sultonligi va Boburiylar saltanatida Panjob noibligining markazi. 16—17-a. larda Boburiylarning muvaqqat qarorgohi, 18-a. da Nodirshoh va Ahmadshoh Durroniy qoʻl ostida boʻlgan. 1799—1849-y. larda sekxlar davlati, 1849—1947-y. larda ingliz mustamlakachilariga tobe boʻlgan. 1947—55 y. larda Panjob provinsiyasining, 1955—70 y. larda Lohur viloyati va Gʻarbiy Pokistonning, 1970-y. iyuldan Panjob viloyatining maʼmuriy markazi.

Lohur — transport yoʻllarining muhim tuguni. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Pokistonning savdo-moliya va diniy markazi. Lohur va unga yoʻldosh shaharlarda toʻqimachilik (ip va jun gazlamalar, shoyi), oziq-ovqat, rezina-texnika, koʻnpoyabzal, metallurgiya, me-tallsozlik va mashinasozlik (q. x. mashinalari, transport jihozlari, nasoslar va elektrotexnika buyumlari i. ch.), oyna-shisha korxonalari, t. y. ustaxonalari, issiklik elektr st-yasi, gugurt f-kasi mavjud. Lohur — hunarmandchilik (oltin va kumush buyumlar tay-yorlash, gilam toʻqish, kashtachilik va naqqoshlik)ning qad. markazi.

Panjob unti (1882y. dan), muhandislik-texnologiya un-ti, Sanʼat milliy kolleji, Markaziy muzey, Sanʼat va savdo muzeyi, Texnologiya muzeyi, Lohur qalʼasi muzeyi (Boburiylar davriga oid) va b. muzeylar, shahar chetida Shalimor bogʻi, Jaqongir maq-barasi (1626) bor.

Lohurda meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa (1570), Jahongir saroyi (1617), Marvarid masjid (1645), Vazirxon masjidi (1634), Oltin masjid (1753), un-t binosi va b. saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x