AMINOVA

AMINOVA Aziza (1929.7.4, Andijon) — Oʻzbekiston xalq artisti (1980). X. Aminovaning qizi. 1940-y. dan Andijon teatrida. Taqdiri fojiali ayollar hamda onalar obrazlarini alohida mahorat bilan yaratgan. Asosiy rollari: Noznoz («Besh soʻmlik kelin»), Mohim («Tohir va Zuhra»), Qumri («Nurxon»), Sanam («Aziz va Sanam»), Xolisxon («Xolisxon»), Oyparcha, Uvaysiy («Nodira»), Poshsha xola («Onaizor»), Ona («Diydor») va b. Oʻzbek ayollariga xos feʼl-atvor, milliy xususiyatlar orq-ali qahramonning ichki dunesini ochib berish aktrisa ijro uslubiga xosdir. «Elyurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x