ITKUCHALA

ITKUCHALA (Eminium albertii) — kuchaladoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 15—25 sm. Tugunagining yoʻgʻonligi 2,5 sm cha. Barglari och yashil, uch boʻlakli, uchi oʻtkir, nashtarsimon, uz. 6—10 sm. Poyasiningbir qismituproq ostida bulib, ustki qismi yoʻgʻonlashgan. Toʻpguli roʻvaksimon, uz. 15 sm cha. Itkuchala efemer (vegetatsiya davri qisqa) oʻsimlik, apr. — mayda urugʻlaydi. Mevasi etli, sersuv, oq. Adirlarda va togʻ etaklarida oʻsadi. Buxoro viloyatida keng tarqalgan. Jan. Pomir-Olay va Gʻarbiy Kopetdogʻda ham uchraydi. Oʻsimlik tarkibida boʻyoq moddalari, tugunagida saponinlar bor. Tugunaklari xalq tabobatida bod kasalligiga qarshi ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x