ISM

ISM, ot — bolaning tugʻilganligi qayd etilayotganda unga beriladigan nom. I. shaxslarni oila, avlod, mahalla, jamoa doirasida ajratishga imkon beradi. Odatda, chaqaloqqa Ismni otaonasi, qarindosh-urugʻ, oiladagi keksa kishilar tanlaydilar. Qanday Ism qoʻyilishi estetik va etik tamoiillar, Ism tanlovchilarning orzu-istaklari, tasavvur va dunyokarashlari, milliy xu-susiyat va b. bilan bogʻlangandir. Ism qoʻyishda dinning taʼsiri, ayniqsa, kuchli boʻldi. Xristianlik vujudga kelib, monoteistik dinga aylanganidan keyin Bibliyaaagi paygʻambarlarning Ism lari jahondagi koʻpgina xalqlarda ommaviy Ismlar boʻlib qoldi. Islom dinining tarqalishi Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, oʻzbeklarda bu din tushunchalari bilan bogʻliq Ism larning koʻpayishiga olib keldi. Xalqimiz Qurʼoni karimda tilga olingan Allohning goʻzal ismlarini (q. al-Asmo alhusno), Muhammad (sav)ning nomlarini oʻz farzandlariga qoʻyishni rasm qildi. Xullas, har bir Ism muayyan sabab bilan paydo boʻlib, oʻzining tarixi, geografik tarqalishi, hududi va maz-munigaega. Qadimqadimdan Ism qoʻyishning turli rasm-rusm, udumlari saqlanib qolgan, chunki bolaning sogʻ boʻlishi, yashab ketishi, kelgusi baxti unga qoʻyiladigan Ism bilan bogʻliq boʻladi, deb hisoblangan. Kishiga muvaffaqiyatli tanlangan Ism uning taqdiri, hayotiga katta taʼsir koʻrsatadi, Ism odamning ruhiyatini oʻzida mu-jassam qiladi, kishi oʻz Ism iga oʻxshay-di, deb ishonishgan. Musulmon oilalarida bolaga Ism qoʻyish bilan bogʻliq alohida marosim oʻtkazib kelinadi (q. Aqika).

Ismga eʼtibor chaqaloqqa Ism tanlashdan va uni tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (metrika)ga yozishdan boshlanadi. Mualliflik huquqiaa, oila huquqida merosxoʻrni belgilash va sh. k. dagi bir qancha huquqiy munosabatlar I. bilan bogʻlangandir. Oʻzbekiston Respublikasining OK bolaning Ism olish huquqini belgilaydi (69-modda). Bu huquq bolaning shaxsiy huquqi doirasiga kiradi. Amaldagi qonunlarga binoan, bolaga Ism ota-onaning keli-shuviga binoan qoʻyiladi, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari buni xisobga olishga maj-bur. Bolaga Ism qoʻyishda ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmasa, mazkur nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan bola, shuningdek, uning otaonasi manfaatlarini eʼtiborga olib hal etiladi. Bola Ism ini oʻzgartirish tartibi OKda belgilab berilgan (70-mod-da). Unga koʻra, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan, bola 16 yoshga toʻlguncha bola manfaatlarini eʼtiborga olib, uning Ism ini oʻzgartirishga hakli. 10 yoshga toʻlgan bolaning Ism ini oʻzgartirishga faqat uning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

Tilshunoslikda kishilar Ism larini oʻrganadigan alohida soha antroponimika deb ataladi. Ismni til fakti sifatida onomastika oʻrganadi.

Ad.: Begmatov E., Oʻzbek ismlari maʼnosi, T., 1998; Gʻafurov O., Asmaulhusna yoxud tabarruk ismlar, 1—2-qism, T., 1998.

Ernst Begmatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x