KULRANG CHIRISH

KULRANG CHIRISH, botridioz — oʻsimliklarda takomillashmagan Botrytis turkumiga mansub zamburugʻlar (B.cinera)HH qoʻzgʻatadigan kasallik. Kasallik qoʻzgʻatuvchi zamburugʻlar, asosan barg, mayda novdalarni, poyalarni, kurtaklarni zararlaydi. Nam va nisbatan past haroratda kuchli kechadi. Oʻsimlikning turli qismlarida halok boʻlgan toʻqimalardan hosil boʻlgan kulrang dogʻlar paydo boʻladi. Toʻkilgan barglarda, novda, poyalarda zamburugʻ konidiyali sporalar qora dumaloq sklerotsiyalar holida qishlaydi. Gʻoʻza, kungaboqar, qulupvay, uzum, maliva, olxoʻri, olcha, qand lavlagi, beda, ka-vakunjut, lyupin, sabzavot ekinlari K. ch. i keng tarqalgan. Gʻoʻzada zamburugʻ tanasi va sporalari koʻsak sirtini kulrang yeki boʻzjigarrang momiq gʻubor bilan qoplaydi, koʻsakning barcha chanoqlari yoki baʼzilari toʻliq ochil-maydi. Zararlangan tolalar qora-sar-gʻimtir rangga kiradi, momiqlanmaydi. Kuchli zararlanganda gulyonbarg va mevabandi ham gʻubor bilan qoplanadi.

Zamburugʻ hosil organlarini hoʻl chiritadi. Uzumchilikda Kulrang chirish ayrim yillari hosilning 30—40% ini nobud boʻlishiga olib keladi.

Kurash choralari: kasallikka chidamli navlarni ekish, urugʻlikka foʻngitsidlar b-n ishlov berish, oʻsimlik qoldiqlarini daladan olib chiqib yoqib yuborish; tokni sifatli xomtok qilish, novdalarni tarash, meʼyorida sugʻorish, kasallik paydo boʻlganda 0,001% li kaliy yod eritmasi bilan ishlov berish. Qand lavlagi va sabzavot ildizmevalarini uzoq, muddat saqlashda omborxonalar dezinfeksiyalanadi, havo namligi 85% atrofida, harorat 1—2° boʻlishi taʼminla-vadi.

Abdukarim Zikiryoyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x