ILOQ ZARBXONASI

ILOQ ZARBXONASI — Iloqda tanga pul zarb qilish uchun Tunkat sh. da qurilgan korxona (8-a.). Ilok konlaridan oltin va kumushning koʻp qazib chiqarilishi tanga zarb qilinadigan maxsus korxona tashkil qilish zaruratini tugʻdirgan. Ilokda 8—9.-a. larda «Maʼdan ash-Shosh» zarbxonasida koʻplab kumush dirhamlar zarb etilgan. Tangalarda sof kumushning koʻpligi sababli Iloq zarbxonasi tangalari 9-a. da boshqa mamlakatlarga ham tarqalgan. Arxeologik qazishlarda shim. da Shvetsiya va Nor-vegiyadan tortib jan. da Armanistongacha boʻlgan hududda Iloq tangalari xazinalari topilgan. Tarixiy manbalarga koʻra, 10-a. da Movarounnaqrda davlat zarbxonalari faqat Samarqandda va Iloqning poytaxti Tunkatdagina boʻlgan. Iloq zarbxonasida pullar mahalliy muomalalar uchun misdan, umumdavlat xa-zinasi uchun qimmatbaho metallardan zarb qilingan. Iloq zarbxonasida chiqarilgan oxirgi tangalar 11-a. ning 2-yarmiga oid.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x