ALMASHLAB ULASH QURILMASI — suyuqlik, gaz yoki elektr toki yoʻlini oʻzgartirishga imkon beruvchi qurilma. Gidravlik, pnevmatik yoki elektr A. u. q. boʻladi. Suyuqliklar va gaz Almashlab ulash qurilmasi koʻp yoʻlli kran, ventil va bugʻ taqsimlagich boʻlishi mumkin. Elektr zanjirlarini almashlab ulashda turlicha tuzilishdagi Almashlab ulash qurilmasi ishlatiladi. Mas, rubilnik, paketli viklyuchatel. Radioapparatura va aloqa qurilmalarida galetli qurilma, tumblerlar va b. qurilmalar Almashlab ulash qurilmasi vazifasini oʻtaydi. Elektr mashinalari va energetika qurilmalarini tok b-n taʼminlash va boshqarish zanjirlarini almashlab ulash uchun turli viklyuchatellar, kontrollyorlar, kontaktsiz elektr apparatlari ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые