Mutafakkirlar. Sulaymon Boqirg‘oniy


Post Views:
1 999

Hakim ota, Qul Sulaymon laqablari bilan ham mashhur bo‘lgan so‘fiy shoir (vaf. 1186). Xoja Ahmad Yassaviyning iste’dodli shogirdi. Tariqatda ham, she’riyatda ham Ahmad Yassaviy an’analarining davomchisi.

Sulaymon Boqirg‘oniy Xorazmning Boqirg‘on degan qishlog‘ida tug‘ilib, Xorazm madrasasida ilmi tahsil olgan, diniy tasavvufiy bilimlarni chuqur egallagan.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”da: “Hakim ota – oti Sulaymondir. Xoja Ahmad Yassaviyning murididur”, deb yozar ekan, Hakim otaning hikmatlari turkiy xalqlar orasida shuhrat qozonganini ta’riflab, ulardan birini misol keltiradi.

Boqirg‘oniyning din va tasavvuf, ishq va axloqdan saboq beruvchi asarlari Turkistonda keng tarqalib, sevib o‘qilgan. Husayn Voiz Koshifiy Boqirg‘oniyni “Darveshlar ahvolidan turkiy kalimotu hikmatomiz va latoifu ibratangizdir. Turkiston viloyatida ma’ruf va mashhurdir va alarning favoiyidi anfosi qudsiylaridandur”, deb ta’riflaydi. Boqirg‘oniy ko‘nglida “ishqi ilohiy va zavqi ilohiy” tug‘yon qilgan shoir murabbiydir. Uning she’rlari bu dunyoni do‘zaxga aylantirmaslik, nafsu havoga berilib, xalq boshiga qiyomat azoblarini solmaslik, ong qulligidan xalos bo‘lish, din qudratini ulug‘lash kabi ma’naviy-axloqiy ehtiyojlarni ifodalaydi.

100 MARKAZIY OSIYO MUTAFAKKIRLARI

© O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi
© Toshkent islom universiteti
© «YANGI NASHR», 2011

https://shosh.uz/uz/mutafakkirlar-sulaymon-boqirg-oniy/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x