QORATEPA

QORATEPAbudda gʻor ibodatxonalar majmuasi (mil. 1—3-a. lar). Eski Termizning shim.-sharqiy qismida joylashgan. Dastlab 1926—28 y. larda Moskvadagi Sharq xalqlari madaniyati davlat muzeyi ekspeditsiyasi ochgan. 1937-y. da M. Ye. Masson va Ye. G. Pchelina tekshirgan. 1960-y. larda arxeolog B. Ya. Staviskiy qazish ishlari olib borgan. Hozirda Oʻzbekiston—Yaponiya qoʻshma arxeologiya ekspeditsiyasi ish olib bormoqda.

Obida 3 ta tabiiy doʻnglikda qurilgan. Umumiy mayd. 8 ga dan ziyod. Jan. doʻnglikda 15 dan ziyod gʻor majmuasi boʻlgan. Gʻarbiy doʻnglikdagi gʻor maj-muasi 5 dan ortiq boʻlmagan. Shim. doʻnglikning sharqiy qismini yer yuzasida joylashgan monumental majmua egallagan, gʻarbiy qismini esa yer yuzasiga qurilgan uncha hashamatli boʻlmagan ibodatxonalar band qilgan.

Qoratepa dagi hamma imoratlar turli vaqtlarda barpo etilgan. Keyinchalik avvalgilariga yondosh qilib qurilgan, soʻng ular bilan bir vazifani bajarishgan. Hammasi bir necha bor taʼmirlangan va tarhi oʻzgartirilgan. Ibodatxonalar yoki boshqa muqaddas joylar ichi mavzuli (syujetli) va naqshinkor bezak, loyganch, ganch, tosh haykali bilan bezatilgan.

Gʻor ibodatxonalarini qurish qoidalari hindlardan oʻzlashtirilgan. Ammo keyinroq qurilganlarini rejalashda baqtriylarning meʼmoriy usullari ustun turadi.

Qoratepa dagi dastlabki buddaviy ibodat inshootlari, aftidan, mil. 1-a. da qurila boshlagan. Qoratepaning eng gullagan davri mil. 2—3-a. larga toʻgʻri kelib, bu paytda ibodatxonalar koʻplab qurilgan, avvalgilari esa yangilangan hamda bezatilgan. Bu jarayonda kushonshohlar, ularning noiblari, shahar hokimlari va badavlat shaharliklarning homiyligi hamda madadi muhim oʻrin tutgan. Qoratepadan topilgan, bagʻishlov bitiklari bulgan sopollar bu holatni aniq koʻrsatadi. Bitiklarga koʻra, Qoratepa dagi ayrim majmuotlar Kxadevakavixara — Podsho monastiri, Vxara Gulavxara vxad — Gulavxara oʻgʻli (Gondafar) Vixarasi, Okavixara deb nomlangan. Qoratepa bitiklarida rohiblardan Buddashir, Buddxamitra, Jivananda ismlari eslatib oʻtilgan. Boy erkak va ayol homiylar qiyofasi rasmlarda hamda haykallarda saqlanib qolgan. Qoratepadan qoʻplab budda haykallari topilgan.

Mil. 3-a. oxiriga kelib Qoratepa majmualari inqirozga yuz tutdi yoki vayron etildi. Bu, sosoniylarning Kushon davlatiga qilgan harbiy yurishlari bilan bogʻliq boʻlsa kerak. Ayrim majmuotlar xonalariga otashkadalar oʻrnatilgan. Ayni mahalda Qoratepa majmuotlarining muayyan qismi mil. 4-a. oxiri — 5-a. boshigacha ishlab turgan. Mil. 4-a. dayoq Qoratepa dagi koʻplab tashlandiq xonalar va gʻor ibodatxonalaridan qabr sifatida foydalanilgan, soʻng kirish joylari xom gʻisht bilan urib yuborilgan. Eng dastlabki qabrlar yonida kushon-sosoniy tipidagi tangalar, Peroz tangalari va unga taqlidan zarb qilingan tangalar uchraydi, keyingi qabrlarda esa mil. 5—6-a. lardagi Termiz hukmdorlari tangalari topilgan, ularning bir tomonida langar tasvirlangan. 7-a. dan 12-a. gacha Qoratepa dagi yarim koʻmilgan ayrim xonalar va gʻorlardan zohidlar foydalanishgan.

Qoratepadan topilgan rasmlar, haykallar va b. dekorativ-amaliy sanʼat buyumlari kushonlar davridan Tarmita — Termizda oʻziga xos anʼana va yoʻnalishga ega boʻlgan alohida badiiy maktab boʻlganidan dalolat beradi. Bu maktab kushonlar davrida Baqtriya badiiy madaniyatininggina emas, balki butun antik madaniyatning rivojlanishida katta rol oʻynaydi.

Qazish paytida Qoratepadan Kushon podsholigi davriga oid sopol idishlar, kosa va koʻzachalar, mis chaqalar, ohaktoshdan ishlangan meʼmorlik detallari, plitalar, sopol chirogʻdonlar topilgan. Topilmalar ichida 70 dan ortiq sopol idish siniqlariga hindcha bitilgan yozuvlar (kharoshthi va brahma yozuvlari) va devorlarga chizilgan kushon-baqtriya hamda fors-pahlaviy yozuvlari xarakterli.

Shokir Pidayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x