KOʻCHMA MAʼNO — soʻzning oʻz asosiy maʼnosi bilan metonimik (q. Metonimiya), metaforik (k,. Metafora) aloqadorlik, vazifaviy umumiylik yoki qandaydir assotsiativ (oʻzaro oʻxshash) belgilar bilan bogʻliq ikkilamchi, hosila maʼnosi. Demak, soʻzning toʻgʻri maʼnolaridan boshqalari uning Koʻchma maʼno laridir. Ongimizda qandaydir xususiyatlari, belgilari bilan bir-biriga yaqin boʻlgan ikki predmet yoki hodisani chogʻishtirish, oʻxshatish K. m. ga asos qilib olinadi, yaʼni biror predmet yoki voqea-hodisa haqida aniq, yorqin tasavvur hosil qilish uchun unga boshqa biror predmet yoki voqeaning belgisi koʻchiriladi, oʻxshatiladi. Mas: kishining bolaligini «gʻuncha», yomon baho olishni «yiqilmoq» soʻzi bilan ifodalash, «Oybek asarlarini oʻqidim» deyish oʻrniga «Oybekni oʻqidim» deyish, «samovar» soʻzini choyxona maʼnosida ishlatish Koʻchma maʼnoga misol boʻla oladi. Koʻchma maʼno adabiy asarning badiiy qimmatini, ifodaviyligi va taʼsirchanligini oshiradi. Lekin lugʻat tarkibidagi barcha soʻzlar ham Koʻchma maʼnoda qoʻllanavermaydi. Mas, aksariyat kasb-hunar atamalari, ilmiy terminlar Koʻchma maʼnoda deyarli ishlatilmaydi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии