LIMFA

LIMFA (lot. lympha — tiniq suv, namlik) — odam va umurtqali hayvonlarning limfa tomirlari va limfa tu-gunlarida boʻladigan oqsil tabiatli, tarkibiga koʻra, qrn plazmasiga yaqin rangsiz yoki och sariq suyukdik. Organizmda Limfa hujayralar va toʻqimalarni oziq moddalar bilan taʼminlash hamda moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqarib tashlash funksiyasini bajaradi. Limfa qondan toʻqimalarga uzluksiz oʻtib turuvchi kislorod va oziq moddalarga boy toʻqima suyukligidan hosil boʻladi; hujayralardan toʻqima suyuqligiga ajralib chiqqan moddalar almashinuvi mahsulotining bir kismi qaytadan qonga oʻtadi, qismani esa suyuqlik bilan limfa kapillyarlariga oʻtib, Limfa hosil qiladi. U tarkibi va xossalariga koʻra, qon plazmasidan farqlanadi (oqsili, solishtirma ogʻirligi va yopishqoqgshgi kam boʻladi va h. k.). Odam tanasida taxm. 1-2 l L. boʻladi, u limfa kapillyarlari, limfa tomirlari va limfa yoʻllari boʻylab harakat qilib, venoz qonga quyiladi. Limfa suyuq qism (limfoplazma) va shaklli elementlardan tashkil topgan. Limfoplazma tarkibiga oqsillar, glyukoza, mineral moddalar, neytral yogʻlar kiradi. Limfaning shaklli elementlari limfotsitlar, monotsitlar va leykotsitlarnnt baʼzi turlaridan iborat (q. Qon). Biroq aʼzo faoliyati kuchayganda unda Limfa hosil boʻlishi tezlashadi. Limfaning mikdori va kimyoviy tarkibi, jumladan, undagi yogʻ va oqsilning foiz mikdori uning qaysi aʼzodan oqib keli-shiga, mazkur aʼzodagi moddalar alma-shinuvining xususiyatlariga bogʻliq. Mac, yogʻli ovqat yegandan soʻng ichak limfa tomirlarida koʻp miqdorda yogʻ boʻlganligi tufayli Limfa oq rangga kiradi. Ichki sekretsiya bezlaridan oqadigan Limfada esa maʼlum miqdorda gormonlar boʻladi. Limfa tugunlarida Limfa limfotsitlar bilan boyiydi. Limfa tugunlaridan bir necha marta oqib oʻtib, filtrla-nadi (toʻqimalardan oʻtgan bakteriyalardan va b. zararli moddalardan tozalanadi) (q. Limfa sistemasi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x