Oyoq hidlanmasin desangiz…

DO`STLARGA ULASHING:

Agar oyog‘ingiz ko‘p terlasa va haddan ziyod hidlanib, sizni xijolatga qo‘ysa, lavr yaproqlari sizga katta yordam beradi. 15-20 dona lavr bargini alohida idishga solib, ustiga 200 gramm suvni soling. So‘ng past olovda 10 daqiqa davomida qaynating. Qaynatma tayyor bo‘lgach, uni tog‘orachaga solib, ustidan 2-3 litr issiq suv quying va yaxshilab aralashtiring. Keyin ikki oyog‘ingizni tog‘oraga solib, 10-15 daqiqaga davomida ushlab turing. Qarabsizki, oyog‘ingizdagi badbo‘y hid butunlay yo‘qoladi.

Tavsiyalar

1.           Iloji boricha paxta tolasidan tayyorlangan paypoqlardan foydalaning.

2.           Tufli yoki etik ichini doimo toza tutishga harakat qiling.

3.           Doimo yuvilgan yangi paypoq kiyishga odatlaning.

Esingizda bo‘lsin, oyoqlarim hidlanmasin desangiz avvalo paypoqni matosiga nihoyatda e’tiborli bo‘ling! Shundagina bu noxo‘sh hiddan forig‘ bo‘lasiz.

Dilfuza AZIMOVA

soglom.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x