Varikozni mashqlar yordamida yengamiz

DO`STLARGA ULASHING:

1-MASHQ

Yerga o‘tirib oyoqlaringizni cho‘zing, qo‘llaringizni yerga qo‘ying. Bir oyog‘ingiz tekis turadi, ikkinchi oyog‘ingizni esa 10-15  marta pastga va yuqoriga ko‘taring. Endi  mashqni boshqa oyoqda takrorlang

2-MASHQ

Tik turgan holda oyoqlaringiz orasini 30-40 sm ga oching. Qo‘llaringizni oldinga cho‘zib,sekin tiz cho‘kkalang. Ushbu mashqni dastlab  10-15 marta takrorlab, keyinchalik sonini oshirib borasiz.

3-MASHQ

Stulning orqa tomonini ushlab, oyoqlarni keng yoyib, asta o‘tiriladi (oxirgacha o‘tirmaysiz), 5 soniya shunday holatda turib, qaddingizni tik tutasiz. Mashqni  15-20 marta takrorlang.

4-MASHQ

Oyoqlaringizdagi barmoqlarni avval ko‘tarib, so‘ngra tushirasiz. Mashq 10-20 marta bajariladi.

5-MASHQ

Yerga yotib, dastlab oyoqlarni keyin yelkangizni yuqoriga ko‘taring. Ushbu mashq nafaqat varikoz tomirlari balki boshqa ko‘plab kasalliklar uchun eng yaxshi profilaktika mashg‘ulotlaridan biri hisoblanadi.

 

JABBORLI

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x