Sarimsoqli sho‘rva

DO`STLARGA ULASHING:

Kerakli mahsulotlar: 4 osh qoshiq zaytun yog‘i, 1 dona piyoz, 1,5 litr tovuq buloni (sho‘rva suvi), 4 dona kartoshka, 1 dona bulg‘ori qalampir, 1 dona sarimsoq, 4 burda non, 100 gramm qattiq pishloq, 1 bog‘ petrushka, ta’bga ko‘ra tuz va murch.

Tayyorlanishi:

  1. Idishga 1 osh qoshiq zaytun yog‘i quyib, qizdiriladi. Maydalab qirqilgan piyoz qo‘shiladi va shaffof ko‘rinishga kelguncha pishiriladi.
  2. Ustiga tovuq buloni quyilib, qaynatiladi.
  3. Kubikcha shaklida qirqilgan kartoshkani solib, 5 daqiqa qaynatiladi.
  4. Kubikcha shaklida qirqilgan bulg‘ori qalampir qo‘shiladi va 5 daqiqa yoki kartoshka pishguncha qaynatiladi.
  5. Maydalab qirqilgan sarimsoq solinadi. Ta’bga ko‘ra ziravor sepiladi. Ozroq qaynagandan so‘ng idish olovdan olinadi.
  6. Tovada 3 osh qoshiq zaytun yog‘i qizdirilib, kubik shaklida kesilgan non bo‘laklari hamma tomoni qizarguncha pishiriladi.
  7. Sho‘rva suzilgach, qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq, maydalab to‘g‘ralgan ko‘kat va qovurilgan non qo‘shiladi.

Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.

soglom.uz/tavsiya/sarimsoqli-shorva/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x