DO`STLARGA ULASHING:
Kerakli masalliqlar: 0,5 kg mol go‘shti, 1 dona piyoz, 1 dona sabzi, 2 dona kartoshka, 1 bog‘ ukrop, ta’bga ko‘ra tuz, 2 litr suv.
Tayyor bo‘lish vaqti: 2 soat
Tayyorlanishi:
- Loviyani oldindan kam miqdordagi suvda qaynatib olinadi.
- Qozonga go‘sht, piyoz va suv solib qaynatiladi, sho‘rva yuzasiga ajralib chiqqan ko‘piklar olib tashlanadi. 40 daqiqaga yaqin qaynatiladi.
- Vaqt o‘tgandan so‘ng sho‘rvaga maydalangan sabzi, keyin kubikcha shaklida qirqilgan kartoshka solinadi.
- 15 daqiqa o‘tib kartoshka yumshagach, pishirilgan loviya va ta’bga ko‘ra tuz qo‘shish mumkin. So‘ngra 10–15 daqiqa past olovda qaynatiladi. Undan keyin yana 15 daqiqa dimlab qo‘yiladi.
- Tayyor bo‘lgan sho‘rva suzilib, ustiga ukrop sepiladi.
Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.
soglom.uz/tavsiya/oq-loviyali-shorva/