KONTRIBUTSIYA (lot. contributio — yigʻish) — 1) urushda magʻlubiyatga uchragan davlatning gʻolib chiqqan davlatga sulh shartnomasi asosida tovon toʻlashi. Hoz. xalqaro huquqda man etilgan (yana q. Reparatsiya);
2) dushman tomonidan bosib olingan hudud aholisidan yigʻib olinadigan pul.