Koronavirus bilan kasallangan odamni qachon sogʻlom deb hisoblash mumkin?

Dastlabki tashxis qoʻygandan keyin bir necha oy oʻtgach, bemorlarning koronavirus uchun testlari musbat boʻlsa yoki alomatlari kuzatilsa, ularda COVID-19 kasalligini yana bir bor yuqtirish xavotiri davom etmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal.
Olimlarning fikricha, COVID-19 kasalligiga uchragan odamlar uni keltirib chiqaradigan virusga qarshi immunitetga ega boʻlishadi. Ular bu himoya qancha davom etishini bilmaydilar — bir necha oy, bir necha yil yoki butun hayoti davomida.
Immunitetning davomiyligi qoʻzgʻatuvchiga bogʻliq, viruslar gripp virusi kabi shunchalik tez mutatsiyaga uchrashi mumkinki, qayta infeksiyalashda himoya antitanachalari ularni tan olmaydi.
Yangi koronavirus gripp virusiga qaraganda sekinroq mutatsiyaga uchraydi. Bu olimlarga tabiiy immunitet yoki vaksina uzoq muddat kasallikdan himoya qilishga umid beradi. Olimlarning fikriga koʻra, agar odam yana kasal boʻlib qolsa, ikkinchi infeksiya yengilroq shaklda paydo boʻlishi mumkin. AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari odamlarda antijismlar infeksiyadan keyin bir yoki uch hafta ichida paydo boʻlishini taʼkidlashadi. Xitoyda 34 bemor ishtirok etgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, 80 yoshga kirgan ikkita bemor organizmi simptomlar boshlanganidan keyin 3 kun ichida antitanachalar ishlab chiqqan. Qolganlarida alomatlar boshlanganidan 2 hafta oʻtgach hosil boʻlgan.
Xitoy tadqiqotchilarining maʼlum qilishicha, ular 6 ta maymunga kasallik yuqtirib, ularning tuzalishiga imkon berishgan. Soʻng, birinchi infeksiyadan 28 kun oʻtgach, ularning 4 tasi qayta zararlangan. Ularning hech biri qayta kasal boʻlmadi, bu immunitet tizimi ularni ikkinchi infeksiyadan himoya qilganligini anglatadi.
Janubiy Koreyada, koronavirus testi taxminan 450 kishida tuzalgandan soʻng ham musbat koʻrsatgan. Koreyaning Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi ushbu odamlarning yarmidan koʻpini qayta koʻrikdan oʻtkazdi va viruslarning jonli aylanishiga oid biron bir dalil topmadi.
Tadqiqotga koʻra, odamda hech qanday alomatlar kuzatilmasa ham virus parchalari saqlanib qolishi mumkin. Bu odamlar hali ham kasal yoki kasallik yuqtiradi degani emas.
Klinik shifokorlar kasallikdan tiklanish nimani anglatishi haqida turlicha qarashlarga ega, chunki uzoq muddatli maʼlumotlar yoʻq.
Tavsiyalar dunyo boʻylab har xil. Masalan, AQSHda kasallangan odamlar yangi koronavirus uchun topshirgan testi ikki marta manfiy natija koʻrsatgan boʻlsa, tuzalib ketgan deb hisoblanadi. AQSH oziq-ovqat va dori-darmon sifatini sanitariya nazorati boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan sinovlar odamlarda kamida 24 soat davomida oʻtkaziladi.
Yoki bemorlarda ketma-ket 3 kun davomida isitma yoʻqligi va boshqa alomatlar yaxshilanishi, shu jumladan yoʻtalish va nafas qisilishi kamayishi kerak. Simptomlar birinchi paydo boʻlgan paytdan boshlab kamida 10 kun oʻtishi kerak.
Ammo virusga qarshi topshirgan testi manfiy chiqqan ayrim bemorlar baʼzi alomatlar, masalan, taʼm va hid yoʻqolishi yana bir necha oy davom etishi mumkinligini aytishdi.
manba:yuz.uz
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x